TUSHUNTIRISH TARG‘IBOT ISHLARI DAVOM ETMOQDA

Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida joriy yilning 20 fevral 11:00 da yoshlar o‘rtasida sodir etilayotgan huquqbuzarlikning sabablarini aniqlash va ularni bartaraf etish, o‘z joniga qasd qilish holatlarining oldini olish, stress va undan chiqish usullari borasida talabayoshlarga batafsil ma’lumot berildi.  

Bu borada davlat va jamoat tashkilotlari, ta’lim muassalari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkoligida ta’lim muassasalarida voyaga etmaganlar bilan suhbatlashish, har bir jinoyatni keng muhokama qilish, ijtimoiy ma’naviy muhit yanada sog‘lomlashishi borasida tushuntirish targ‘ibot ishlari amalga oshirilmoqda.

Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikka huquqbuzarliklarning oldini olish ham muhim vazifalardan. Ta’lim muassasalaridagi “Davomat” tadbirlari o‘tkazilib, darsga kelmayotgan o‘quvchilar hamda ularning ota onalari bilan suhbatlashilmoqda, farzandlarining o‘quv muassasasiga muntazam kelishini ta’minlamayotgan ota-onalarga nisbatan ma’muriy jazo choralari qo‘llanilmoqda.

Afsuski, ba’zi oilalarda ota-onalarning mas’uliyatsizligi, jamoatchilikning e’tiborsizligi tufayli, ayrim hollarda yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar sodir etilmoqda yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish maqsadida haftaning har payshanbasida keng jamoatchilik vakillari bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan profilaktika tadbirlariga psixologlar ham jalb qilinib, ta’lim muassasalarida davra suhbatlari tashkil etilmoqda. Shuningdek, Maktab, kasb hunar – kollejlari, oliy ta’lim muassasalarida “O‘smir”, “Tig‘”, va “Davomat” tadbirlari muntazam o‘tkazilib, tarbiyasi og‘ir, nosog‘lom muhitda o‘sayotgan  o‘quvchilar  bilan alohida ish olib borilmoqda. Qolaversa, yoshlar o‘rtasida stressga tushish, o‘z joniga qasd qilish oldini olish masqadida psixoliklarni jalb etgan holda yoshlarni qiynayotgan muammolar o‘rganilmoqda.

Yoshlarga stressga tushib o‘z joniga qasd qilish muammoning echimi emasligi batafsil tushuntirildi. Tadbir so‘ngida talabalarni qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan javob qaytarildi.

 

Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi