TASHKILOT VA KORXONALAR BITIRUVCHILARNI ISHGA TAKLIF ETMOQDA

Toshkent temir yo’l muhandislari institutida joriy yilning 26 fevral soat 14:00da institutning bitiruvchi talabalarini “O`zbekiston temir yo`llari” АJ tasarrufidagi korxonalarga ishga jalb qilish maqsadida jamiyat boshqarmalari, markazlari, mintaqaviy temir yo’l uzellari, “Toshkent metropoliteni” unitar korxonalari, “O’zbekko’mir” aksiyadorlik jamiyati va yirik korxonalar rahbar-xodimlari ishtirokida uchrashuvlar tashkil etildi.

Tadbirda «O`ztemiryo`lmashta`mir» UK rahbari Nusratillo Abdullaev, “Toshkent yo`lovchi vagonlarni qurish va ta`mirlash zavodi”AJ rahbari Dilshod Dadahadjaev, Vagon ho`jaligi elektr ta`minoti boshqarmasi director o`rinbosari Qodir Narzullaev va boshqalar Toshkent temir yo`l muhandislar instituti mamlakatimizning temir yo`I tizimiga etuk, profisional mutaxassislar etkazib beradigan etakch oliy ta`im muassalaridan biri ekanligini, takidladi.

Bugunga qadar institut talabalari lokomotivlardan foydalanish, vagon xo’jaligi, elektr ta’minoti boshqarmalari, “Quyuv-mexanika zavodi” ShK, “O’zvagonta’mir” AJ, “Toshkent yo’lovchi vagonlarni qurish va ta’mirlash zavodi” AJ, “O’ztemiryo’lmashta’mir” UK rahbar-xodimlari bilan uchrashuvlar o’tkazildi.

Uchrashuv davomida yuqoridagi tashkilotlar faoliyati haqida texnik-iqtisodiy tavsif, xodimlar salohiyati, joriy qilinayotgan yangi texnika va texnologiyalar, yaratilgan sharoitlar, xodimga qo’yiladigan talablar xususida batafsil ma’lumotlar berildi.

Tadbirning ikkinchi qismida bitiruvchilar o’zini qiziqtirgan savollarga javoblar oldi. Tadbirlar davom etmoqda…..

Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi