TALABALAR MUTAXASSISLIGIGA DOIR MUNOSIB ISH TOPMOQDA

Toshkent temir yo’l muhandislari institutida joriy yilning 28 fevral soat 14:00da institutning bitiruvchi talabalarini “O`zbekiston temir yo`llari” AJ tasarrufidagi korxonalarga ishga jalb qilish maqsadida jamiyat boshqarmalari, markazlari, mintaqaviy temir yo’l uzellari, “Toshkent metropoliteni” unitar korxonalari, “O’zbekko’mir” aksiyadorlik jamiyati va yirik korxonalar rahbar-xodimlari ishtirokida uchrashuvlar tashkil etildi.

  

Tadbirda «Toshkent mintaqaviy temir yo`l uzeli»UK rahbari Ixtiyor Farmonov va boshqalar Toshkent temir yo`l muhandislar instituti mamlakatimizning temir yo`I tizimiga etuk, profisional mutaxassislar etkazib beradigan etakch oliy ta`im muassalaridan biri ekanligini, takidlab, ko`p yillardan ber hamkorlik qilib kelayotganini qayd etdi.

Uchrashuv davomida yuqoridagi tashkilotlar faoliyati haqida texnik-iqtisodiy tavsif, xodimlar salohiyati, joriy qilinayotgan yangi texnika va texnologiyalar, yaratilgan sharoitlar, xodimga qo’yiladigan talablar xususida batafsil ma’lumotlar berildi.

Bugunga qadar institut talabalari lokomotivlardan foydalanish, vagon xo’jaligi, elektr ta’minoti boshqarmalari, “Quyuv-mexanika zavodi” ShK, “O’zvagonta’mir” AJ, “Toshkent yo’lovchi vagonlarni qurish va ta’mirlash zavodi” AJ, “O’ztemiryo’lmashta’mir” UK rahbar-xodimlari bilan uchrashuvlar o’tkazildi.

Tadbirning ikkinchi qismida bitiruvchilar o’zini qiziqtirgan savollarga javoblar oldi.

Tadbir so`ngida «Toshkent mintaqaviy temir yo`l uzeli»UK tomonidan barcha tadbir ishtirokchilar uchun osh tortildi hamda talabalarga baddiy adabiyot tarqatildi.

Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi