BAHORNI SOG`INGAN QALBLAR

Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida joriy yilning 1 mart soat 12:20 da yoshlarimizni haqiqiy san’atni anglashga o‘rgatish, ularning estetik olamini sog‘lom asosda shakllantirish maqsadida “Bahoring qutlug‘ – diyorim!” shiori ostida  tadbir tashkil etildi.

  

Bahor faslining ilk kuniga bag’ishlagan tadbir skripkaning go`zal va betakror  sadosi bilan Vestbyulida musiqiy guldastasi yig‘ilganlarga bahoriy kayfiyat ulashdi.Tadbir ishtirokchilari jonli musiqalardan bahraolar ekan, ko`zlarida quvonch, yuzlaridagi baxtiyorlik ifodasi ufurib turardi.

Bahor qalblarga huzur, dillarga ezgulik urug`ini qadab, baxr sari yetaklaydigan fasl. Bu fasilda qalblarga ilhom, bag`ishlab shoxasarlar dunyoga kelishiga zamin yaratadi. Shu boisdan bu fasilni shoirlarimiz tug`ilish, yaralish fasli ham deyishsa kerak.

Tadbirda zarb cholg’ular, skripka ijrosida yangragan kuyga  hirom aylayotgan raqqosalarga, ishtirokchilarimiz ham hamrohlik qilib raqsga tushdi. Bahoriy raqs barchaga olam-olam, zavq-shavq taqdim etdi.

Tadbir davomida tomoshabinlar e’tiboriga musiqiy guldastalar va raqslar taqdim etildi. Bu barchada bahor kayfiyatini uyg’otdi.

Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi