ONA VA AYOL SIYMOSI

Ayol aziz va mo‘tabar zot. Ayolni Ona Vatanga qiyoslash ham bejizga emas. Onaga bo‘lgan muhabbat bilan Vatanga bo‘lgan muhabbatning qiyosi cheksiz. Ayol go‘zalligi, nafosatini bahorga qiyoslashadi. Shu boisdan bo‘lsa kerak bahorning ilk oyida jumladan, 8-mart Xotin-qizlar bayrami go‘zal va betakror yurtimizga bahor nafasi kirib kelganidan darak beradi. Ayol azaldan mehr-shafqat va sadoqat timsoli bo‘lib kelgan. […]