ONA VA AYOL SIYMOSI

Ayol aziz va mo‘tabar zot. Ayolni Ona Vatanga qiyoslash ham bejizga emas. Onaga bo‘lgan muhabbat bilan Vatanga bo‘lgan muhabbatning qiyosi cheksiz. Ayol go‘zalligi, nafosatini bahorga qiyoslashadi. Shu boisdan bo‘lsa kerak bahorning ilk oyida jumladan, 8-mart Xotin-qizlar bayrami go‘zal va betakror yurtimizga bahor nafasi kirib kelganidan darak beradi. Ayol azaldan mehr-shafqat va sadoqat timsoli bo‘lib kelgan. Inson zoti borki, olamdagi barcha yaxshilik va ezguliklarni, hayot shuuru asrorlari va saboqlarini onaning mehru-sahovati tufayli o‘rganadi.

 

Ana shunday ezgulik va yaxshilikni, ona va ayol siymosini, mehrini madh etuvchi bayram tadbiri joriy yilning 5 mart kuni soat 11-00da Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida 8-mart Xalqaro Xotin-qizlar kuni bayrami munosabati bilan “Ona va ayol siymosi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir hamda  6-mart, soat 11:00da yakuniy gala konsert o‘tkazilishi va unda taniqli aktyor va aktrissalar, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar o‘z chiqishlari bilan ishtirok etdi.

Shuningdek, tadbirda institut hayotida va jamoat ishlarida faol ishtirok etgan  Xotin qizlarga bayram munosabati bilan institut rektori va kasaba uyushmasi qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlanadi.

 

 

Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi