YURTIMIZ TINCHLIGIGA – BARCHAMIZ MAS`ULMIZ

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent temir yo‘l muhadislari instituti bilan hamkorligida joriy yilning 12 mart 11-00 da talaba-yoshlar o‘rtasida profilaktik tadbirlarni kuchaytirish maqsadida “Dinniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik g‘oyalarini keng targ‘ib qilish” mavzuida davra suhbati bo`lib o`tdi.

Tadbirda O‘zbekiston musulmonlar idorasi vakili, Mirobod tumani bosh imom hatibi O. Xolmurodov, O‘zbekiston DXX xodimi D.T.Axmedjonov, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari N.K. Aripov,  “Ma’naviyat va ma’rifat” va iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi xodimlari, Murabbiylar Kengashi a’zolari, Xotin-qizlar qo‘mitasi BT a’zolari, Yoshlar ittifoqi BT a’zolari,Professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari N.K. Aripov kirish so‘zi bilan ochib, kun tartibidagi mavzu bilan tadbir ishtirokchilarini tanishtirdi. Shuningdek, tadbirni tashkil etishdan maqsad O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 17 sentyabrdagi “Ta’lim tizimida ma’naviy ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 736-sonli qarori bilan tasdiqlangan dasturning 16-bandida talaba-yoshlar o‘rtasida diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik g‘oyalarini keng targ‘ib qilish ekanligini bayon etib so‘z navbatini Mirobod tumani bosh imom hatibi O. Xolmurodovga berdi.

O‘z nutqida mustaqillikning dastlabki kunlaridan  olib borilgan odilona siyosatning samarasi, shuningdek, azaliy xalqimizning yuksak fazilatlari sabab bugun barcha millat va din vakillari yurtimizda tinch va ahil yashab, hayot kechirmoqdaligini, ayniqsa, Prezidentimizning 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasini tasdiqlagani va bu yo‘nalishning beshinchi bandida xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash kabi masalalarning ustuvor yo‘nalish sifatida belgilanishi ham davlatimiz mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlashda muhim asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Respublikamizda turli dinlarga mansub qadriyatlarni asrab-avaylashga, barcha fuqarolarga o‘z e’tiqodini amalga oshirish uchun zarur sharoitlarni yaratib berishga, dinlar va millatlararo hamjihatlikni yanada mustahkamlashga, ular o‘rtasida qadimiy mushtarak an’analarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqdaligini, bu esa, o‘z navbatida, Yurt tinchligi va taraqqiyotiga, umuminsoniy madaniyat va ma’naviyat rivojiga xizmat qilishini, har bir insonning hatti harakati Yaratganing nazorati osida ekanligini, boshimizdan kechirgan har bir hodisa uning izmi bilan amalga oshishini, diyorimizda millatu-irq, dinu-mazhab kabi tafovutlardan qat’i nazar jumlai olamga xitob etib, barcha insoniyatni tinchlikka, totuvlikka, o‘zaro hamjihatlikka chorlanishini, bag‘rikeng yurtda o‘zbekmi, rusmi, qozoqmi yoki boshqa millatga mansub bo‘lsa ham, barcha bir yurtning farzandlari ekanligini,  shu yurtda tug‘ilib o‘sgan har bir inson ota-bobolari, buvilari ahil, birdam yashash naqadar ulug‘ fazilat ekanligini ongiga bolalikdanoq singdirib ulg‘aytirganlar haqida, shunday ekan, yurtimizdagi tinchlik va xotirjamlikni asrab-avaylashga biz ham o‘z hissamizni qo‘shmog‘imiz darkorligi xususida gapirib o‘tdi.

Berilgan barcha savollarga ma’ruzachi tomonidan aniq, to‘liq javoblar berildi va hayotiy misollar bilan to‘ldirildi. O‘tkazilgan davra suhbati talabalarning huquqiy madaniyatini oshirishda, o‘z hatti-harakatlariga nisbatan mas’uliyat hissini kuchaytirishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Tadbirda “Dinniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik g‘oyalarini keng targ‘ib qilish” mavzusida tadbirlar “Murabbiylik”, Ma’naviyat va axborot soatlarida muntazam tarzda talaba-o‘quvchilarga etkazib borish zarurligi qayd etildi.

Uchrashuv mustaqil fikrlaydigan, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan qaraydigan, qat’iy hayotiy e’tiqod va qarashlarga ega bo‘lgan, milliy mentalitetimizga yot zararli ta’sirlarga qarshi turishga qodir yoshlarni tarbiyalashga qaratildi.

 

 

Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi