YOSHLARNING HUQUQIY SAVODXONLIGI OSHIRILMOQDA

Toshkent temir yo‘l muhadislari institutida joriy yilning 14 mart soat 11:00da talaba- yoshlar o‘rtasida “Huquqiy savodxonlik” mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. Tadbir tashkilotchisi “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi dotsenti B.E.Yuldashev.

  Unda Toshkent davlat yuridik universiteti fuqarolik huquqi fanlari nomzodi M. Baratov, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor D.X. Baratov, “Ma’naviyat va ma’rifat” va iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i F.K.Azimov, Murabbiylar Kengashi a’zolari, Xotin-qizlar qo‘mitasi BT a’zolari, Yoshlar ittifoqi BT a’zolari, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 yanvardagi  “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-5618-son farmoni ijrosini ta’minlashdan iborat.

Mamlakatimizning  taraqqiyoti aholining huquqiy savodxonlik darajasi bilan belgilanadi. Ijtimoiy faol va yuksak madaniyatli insonga xos bo‘lgan fazilatlardan biri huquqiy madaniyatga ega bo‘lishdir.

Misol uchun agarda aholida huquqiy ong etarlicha shakllanmagan bo‘lsa oqibatida maishiy korrupsiyani to‘liq yo‘qota olmaymiz. Korrupsiya noqonuniy harakat ekanini hamma biladi, ammo oddiy fuqarodan katta mansabdorgacha pora ustida ushlanayotgani achinarli holdir.

Bularning bari, avvalo, qonunni bilmaslik, qolaversa, bilib turib ham unga rioya etmaslik oqibatidir.

Huquqiy ta’lim-tarbiya oilada, bog‘chada, maktabda, litsey-kollejlarda va oliy ta’lim muassasalarida olib borilishi kerakligi shubhasiz. Lekin ta’lim faqat bilim berish bilan cheklanmaydi. Ta’lim shu bilimlarni amalda qo‘llashni ham o‘rgatish deganidir. Bizda uzoq yillar konstitutsiya kuniga she’r yodlatish, uning necha bobu qancha banddan iboratligini bildirib qo‘yishdan iborat yuzaki «ta’lim» jarayoni kechdiki, natijada biz huquqiy bilimlarni nazariy jihatdan u yoki bu darajada biladigan, ammo funksional jihatdan ularni qo‘llamaydigan avlodni tarbiyaladik.

Qonunlar ularga rioya qilish uchun qabul qilinadi, buzish uchun emas. Qonunga rioya qilish uni buzishdan ko‘ra foydaliroq. Buni obrazli tarzda quyidagi misol bilan tushuntirish mumkin.

Belgilari qo‘yilgan, harakat tartibga solingan to‘g‘ri yo‘ldan ketayotib haydovchi tirbandlikka duch keldi. Oldida ikki yo‘l bor: ozgina vaqt yo‘qotsa ham, qoidaga rioya qilib ravon yo‘ldan ketish yoki qoidani buzib, aylanma yo‘llardan yurib, o‘zini va avtoulovini xatarga qo‘yish, shu bilan birga, ortidan boshqalarni ham ergashtirib, yangi muammolarni yaratish. Avtoulov haydovchisi bir marta shu usulda ishini tez bitirib ketishi mumkin, ammo bu bilan o‘zi uchun yangi muammolar yaratganini bilmaydi. Chunki ertaga yana shu erga yo‘li tushadi, endi u ochgan aylanma yo‘llar ham uni qutqarmaydi, chunki u yo‘l ikkinchi marta yurishga yaramaydi. To‘g‘ri yo‘lni esa o‘zi unutgan.

Qonun tili – murakkab til. Biz qonunlarni aholiga tushunarli, sodda, ravon tilda, ya’ni moslashtirib taqdim etyapmiz. Shuningdek, ta’lim muassalarida doimiy ravishda bevosita davra  suhbatlari, tadbirlar da huquqiy maslahatlar berish orqali qonunlarni targ‘ib qilmoqda.

Tadbirni prorektor D.X. Baratov kirish so‘zi bilan ochib, institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 yanvardagi “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-5618-son farmoniga muvofiq talaba-yoshlar “Huquqiy savodxonlik” mashg‘uloti tashkil etilmoqdaligini etirof etib, so‘z navbatini Toshkent davlat yuridik universiteti fuqarolik huquqi fanlari nomzodi M. Baratovga berildi.

M.Baratov o‘z nutqida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi yaratilish tarixi, unga necha marotaba qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilganliigi, Davlatimizning bu asosiy Qonuni umumbashariy g‘oyalarga tayangan. O‘zbek xalqining orzusi bo‘lgan mustaqillikka, jamiyatda yangi ijtimoiy muhit yaratishga xizmat qilishga qaratilganligini, Harakatlar strategiyasining maqsadi olib borilayotgan islohotlar samaradorligini tubdan oshirishdan, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratishdan, mamlakatni modernizatsiyalash va hayotning barcha sohalarini erkinlashtirishdan iborat. Harakatlar strategiyasining amalga oshirilishi O‘zbekiston Respublikasining mamlakatni isloh qilish va modernizatsiyalash, rivojlangan bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish, qonun ustuvorligini, xavfsizlik va huquq-tartibotni, davlat chegaralarining daxlsizligini, jamiyatda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash yo‘lidagi shaxdam harakatlariga yangi kuch bag‘ishlaydi.

Bugungi tadbirdan ko‘zlangan maqsad ham talaba-yoshlarimizga respublikada mavjud siyosiy institutlarning huquqiy holatini, O‘zbekiston Respublikasining davlat hokimiyati tizimining konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari mohiyatini anglatish ekanligini, mustaqillikning birinchi kunlaridan boshlab o‘z oldimizga qo‘ygan ezgu maqsadlarga erishish, inson va uning manfaatlari, huquq va erkinliklari oliy qadriyat hisoblanadigan fuqarolik jamiyatini shakllantirishda Konstitutsiyamiz mustahkam poydevor bo‘lib kelgan, bugungi kunda o‘zimiz ko‘zlagan yangi hayot, yangi jamiyat qurish, uning konstitutsiyaviy asoslari va tamoyillarini belgilab olishda qonunimizga tayanishimiz va suyanishimiz kerakligini, iste’molchi sifatida o‘z haq-huquqlarimizni bilishimiz kerakligi haqida keng qamrovli hayotiy misollar bilan tushintirish berib o‘tdi.

 

 

Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi