XX – XALQARO TA’LIM VA MUTAXASSISLIK KO‘RGAZMASI BO’LIB O’TDI

Poytaxtimizdagi Yoshlar ijodiy saroyida joriy yilning 2019 yilning  28-30 mart kunlari Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va “Expocontact” kompaniyasi 20-xalqaro “Ta’lim va Mutaxssislik” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur kurgazma 27 mart kuni Andijon shahrida, 1 aprel kuni Samarqand shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

      

Ko‘rgazmaning asosiy yo‘nalishlari: Oliy o‘quv yurtlari, O‘rta ta’lim muassasalari, O‘quv markazlari, Malakasini oshirish markazlari, Xususiy maktablar, til markazlari.

Ko‘rgazmaga tashrif buyuruvchilar – Maktab, Kollej va Litsey o‘quvchilari, abiturientlar, talabalar, ularning ota – onalari, o‘quv muassasalarining vakillari, shuningdek barcha qiziquvchilar.

Ko‘rgazma o‘tkazish davrida mamlakatimizning 35 dan ortiq institut va universitetlari, 40 dan ziyod o‘quv markazlari, hamda Evropa, Osiyo, Litva, Rossiya va bir qancha boshqa mamlakat universitetlari ishtirok etdi.

Ta’lim va Mutaxassislik”  ko‘rgazmasiga umumiy xisobda 30.000 dan ortiq odam tarif buyurdi. Tashrif  buyurganlarning asosiy qismi 14 – 25 yoshgacha bo‘lgan yoshlarni tashkil etdi.

Ushbu ko‘rgazmadan ko‘zlangan maqsad: O‘zbekiston Respublikasi va horijiy mamlakatlar o‘quv yurtlarida, zamonaviy metodikalar asosida ta’lim berishlari bilan tanishtirish, o‘zaro tajriba almashishga ko‘maklashish, shuningdek yoshlarga va keng ommaga o‘zlarini qiziqtirgan mutaxassisligi bo‘yicha bilim olishlari uchun, o‘quv yurtlarini tanlashga yordam berishdan iborat.

Ko‘rgazma o‘z oldiga kuyidagi vazifalarni  o‘z ichiga oladi : O‘zbekiston Respublikasi va horijiy mamlakatlar o‘quv yurtlarida qaysi mutaxassisliklar bo‘yicha ta’lim olishning imkoniyalari borilgi haqida ma’lumotlar berish, yoshlarni mutaxassislik tanlashga qiziqishlarini uyg‘otish va shu sohada ta’lim olishga yoshlarni  jalb etish, kasb – hunar o‘rganish yoki o‘z kasbi bo‘yicha malakasini oshirish  istagida bo‘lgan shaxslarga ta’lim olish uchun o‘quv yurtini topishga yordam berish, o‘quv yurtlarini jixozlash uchun ishlab chiqarilgan, texnik  vositalar, o‘quv metodologik adabiyotlar, mebel – jixozlar va kompyuterlashtirishning eng oxirgi yutuqlari bilan tanishtirdan ibora.

Ko‘rgazmada mamlakatimizdagi hamda horidiy davlatlarning etakchi oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari o‘z ta’lim dargohlaridagi o‘qitish metodikasi, mutaxassislik yo‘nalishlari, ta’lim- jarayonlari, yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlari bilan yoshlarni tanishtirishdi.

Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi