YOSHLARNI KITOB MUTOLAASIGA QIZIQTIRISH

Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida yoshlarni kitob mutolaasiga targ‘ib qilish hamda she’riyatga, adabiyotga bo‘lgan qiziqishini oshirish  maqsadida yosh, iste’dodli ijodkorlar bilan uchrashuv tashkil etildi.  

Tadbir institut xotin-qizlar qo‘mitasi raisi N.Sh. Xodjaeva va vakillaridan N.B. Ruzieva hamda Ma’naviyat bo‘limi  tashabbusi bilan tashkil etildi.

Tadbirda Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlari Vesmistr universiteti talabasi fan yo‘nalishi bo‘yicha Nigora Umarova va “Serquyosh yurtim”, “Buvim ertaklari”, “Sehirli va mehirli ertaklar”, “Atir gul bilan bulbul”, “Dildagi bahor”, “Vatanparvarlar” kitob sohibi Toshkent temir yo‘l transporti kasb-hunar kolleji talabasi Hulkar Sherzodova ishtirok etdi.

Ishtirokchilar bu muvaffaqiyatga qanday erishganligi, buning zaminida ko‘proq kitob mutolaa qilish va o‘z ustida tinmay ishlash va bungacha erishilgan yutuqlar borasida so‘zlab berdi.

Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi