AMIR TEMUR AVLODLARI

Toshkent temir yo‘l muhandislar institutining talabalar shaharchasi maydonida joriy yilning 2 aprel kuni ulug‘ bobo kolonimiz Amir Temurning 683 yilligi munasabati bilan institumizning jismoniy tarbiya kafedrasi hamda Ma’naviyat bo‘limi bilan hamkorlikda sport musobaqalari tashkil qilindi.

Sohibqiron bobomiz Amir Temur o‘tkir aqil zakovati, noyob etakchilik qobiliyati, xarbiy san’ati johon tarixida munosib o‘rin tutadi. Sarkardaning hayot yo‘li, davlat boshqaruvi, o‘z faoliyati davomida erishgan muvaffaqiyati bir qator tarixiy asarlarda, jumladan, uning “Temur tuziklari ” kitobida ham yaqqol aksini topgan.

Ajdodlarimiz xotirasini yod etish, yosh avlodga buyuk bobokalonlarimiz xayoti va faoliyati bilan yaqindan tanishtirish, xotirasini qadirlash maqsadida o‘tkazilayotgan mazkur tadbirning o‘rni beqiyos. Talabalar o‘rtasida kurash, tosh ko‘tarish, arqon tortish, armrestling sport turlaridan iborat bo‘lgan sport musobaqalari juda katta  ishtiyoq  bilan  kutib  olindi .

Musobaqada faol ishtirok etgan bir guruh talabalarga institut tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan tag‘dirlandi.

Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi