BILIMLAR SINOVDAN O‘TKAZILDI

 

Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida joriy yilning 30 mart kuni 11:00da talabalar o‘rtasida “Tafakkur sinovlari” tanlovining institut bosqichini bo‘lib o‘tdi.

“Ma’naviyat va ma’rifat” va iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi, “Ozbtkiston yoshlar ittifoqi” BT, “Falsafa”, “Iqtisodiyot nazariyasi, huquq va tarix” kafedralari, kasaba uyushma qo‘mitasi BT, xotin-qizlar qo‘mitasi BT mas’ul xodimlari, shuningdek madaniyat va san’at sohasi vakillari ishtirok etdi.

Tanlovdan ko‘zlangan maqsad mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash, yuksak ma’naviyatli, mustaqil va erkin fikrlaydigan, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini puxta o‘zlashtirgan har tamonlama sog‘lom va barkamol avlodni voyaga etkazishga qaratilgan. Yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirish hamda institut talabalarini O‘zbekistonning eng yangi tarixi davrida siyosat va huquq sohalaridagi o‘zgarishlar va erishilgan yutuqlar bo‘yicha tarix, siyosiy-huquqiy bilimlari darajasini aniqlash, nazariy bilimlarini hayotga tatbiq etish ko‘nikmalarini shakllantirish, ularga o‘z iqtidorlarini namoyish etish uchun imkoniyat yaratish hamda iste’dodli yoshlarni rag‘batlantirish maqsadida tashkil etildi.

Tanlovda institut talabalaridan iborat jamoalar ishtirok etadi. Tanlovni tashkil etish va uni o‘tkazish Tashkiliy-ishchi guruh zimmasiga yuklatiladi. Tanlovda ishtirok etuvchi jamoalar institut fakulьtetlarining 8 nafar talabalaridan iborat tarkibda shakllantiriladi.

Tanlov shartlari va baholash mezonlari 4 ta shart asosida o‘tkaziladi.

1-shart. Jamoalar o‘z institutida yaratilgan sharoitlar, ilmiy ijod va malakaviy izlanishlar uchun mavjud imkoniyatlar, O‘zbekistonning yangi tarixi davri taraqqiyoti, so‘nggi yillarda mamlakatimiz sud-huquq va ijtimoiy-siyosiy tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini tushuntirib berishlari, shuningdek yuksak ma’naviyatli barkamol avlodni tarbiyalash hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan takliflarini ko‘rgazmali tarzda namoyish etishlari shart.

Ushbu shartga 10 daqiqa vaqt beriladi va 10 ballik tizimda baholandi.

2-shart. “Tezkor savol-javob”shartida har bir jamoaga Hakamlar hay’ati tomonidan O‘zbekistonning yangi tarixi davri taraqqiyoti, so‘nggi yillarda mamlakatimiz sud-huquq va ijtimoiy-siyosiy tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar yuzasidan 15 tadan savol beriladi. Ishchi guruh tomonidan tuzilgan savollar majmuasi konvertga solib, muhrlanadi va tanlov jarayonida jamoa sardori tomonidan ochiladi. Mazkur shart jamoalar o‘rtasida “Blits” (tezkor javob) tarzida tashkil etiladi.

Savollarni o‘ylash va javob berish uchun 2 daqiqa vaqt ajratiladi. Savollarga to‘g‘ri, aniq va qisqa, ravon nutqda javob bergan hamda ushbu shart davomida to‘plangan umumiy ballar yig‘indisiga ko‘ra eng ko‘p ballga ega bo‘lgan jamoa shart g‘olibi hisoblanadi. Ushbu shart 10 ballik tizimda baholanadi.

3-shart.“Sahnada tafakkur sinovi”shartida jamoalarga Tashkiliy-ishchi guruh tomonidan tayyorlangan O‘zbekistonning eng yangi tarixi davrida erishilgan yutuqlari aks etgan ijtimoiy rolik namoyish etiladi. Barcha guruhlar ekranda namoyish etilgan jarayonni plakatda tasvirlashi lozim.

Ushbu shartda jamoalar mazkur rolikda aks ettirilgan voqelik tasvirlagan ijodiy ishlarini izohlab beradilar. Sahnaga chiqish ketma-ketligida navbatdagi jamoa mazkur shart yuzasidan oldingi jamoa tomonidan tasvirlagan chizgilarga 1 daqiqa davomida qo‘shimcha fikr bildiradilar. Jamoalarga plakat tayyorlash uchun 6 daqiqa, izohlash uchun 3 daqiqa vaqt ajratiladi. Hakamlar hay’ati mazkur shartni baholashda namoyish etilgan rolikning plakatda to‘liq va keng yoritilganligi, plakat tasviridagi badiiylik, g‘oyalarning ommabop-ta’sirchan tarzda etkazilganligi, aks ettirish mahorati hamda avvalgi jamoa tomonidan tayyorlangan plakatga bergan qo‘shimcha izohiga e’tibor qaratadi.

Ushbu shart 10 ballik tizimda baholanadi.

4-shart.“Muammo va echim” shartida jamoa a’zolari tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishi orqali talabalar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilik, giyohvandlik, ichkilikbozlik, tamaki chekishning zararli oqibatlari, shuningdek, odam savdosi, diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish masalalariga oid bo‘lgan muammoli vaziyatlar hamda ularni bartaraf etishda jamoatchilik bilan hamkorlikdagi faoliyatni yanada rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirishga qaratilgan iqtidori baholanadi.

Ushbu shartga 7 daqiqa vaqt beriladi va 10 ballik tizimda baholanadi.

5-shart. “Yoshlarga oid qonunchilik – talabalar nigohida” shartida jamoalar institutda “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi qonun ijrosi va natijalarini sahna ko‘rinishlari orqali namoyish etadilar. Shuningdek, mazkur qonunni takomillashtirish bo‘yicha talaba-yoshlar tomonidan ishlab chiqilgan takliflar taqdimot shaklida namoyish etiladi.

Ushbu shartda har bir jamoaga 10 daqiqa vaqt ajratiladi va shart 10 ballik tizimda baholanadi.

Jamoalar badiiy chiqishlar va sahnaviy ko‘rinishlarni tayyorlashda o‘ziga xoslik, milliylik, mazmundorlikka, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga, ular mohiyatini oddiy va xalqchil tarzda ochib berishga, belgilangan vaqtga qat’iy rioya qilishga, kiyinish madaniyati, jamoa nomi, ko‘krak nishoni, shiori, targ‘ibot usullaridan foydalanishga, ijodiy, badiiy hamda voqea hodisalarni mahorat bilan ijro etishga e’tibor qaratishlari talab etiladi hamda jamoalarni baholashda ushbu mezonlarga katta ahamiyat beriladi.

Tanlov jarayonida foydalaniladigan savollar majmuasi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan ratifikatsiya qilingan xalqaro huquqiy hujjatlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari va ma’ruzalari hamda mamlakatimizda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy sohalardagi islohotlar, shuningdek mamlakatimiz mustaqillikka erishganligining buyuk tarixiy ahamiyati, tarixiy xotira, tarixiy-madaniy meros, siyosiy-huquqiy qadriyatlarning tiklanishi va rivojlanishi, jamiyatimizdagi barqarorlikni, millatlararo va dinlararo totuvlikni ta’minlash, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan nodavlat notijorat tashkilotlarining jamiyat ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy-ma’rifiy hayotidagi o‘rni, ta’lim sohasi, O‘zbekistonning eng yangi tarixi yoshlarda milliy o‘zlikni anglash va yuksak ma’naviyatni shakllantirishidagi tarbiyaviy ahamiyati yuzasidan tuzilagan.

Barcha shartlar bo‘yicha umumiy ballar qo‘shib hisoblanganda eng yuqori ko‘rsatkichga erishgan jamoa tanlovning g‘olibi deb topiladi va keyingi hududiy bosqichda ishtirok etish yo‘llanmasi beriladi. Agarda jamoalar o‘rtasida umumiy to‘plangan ballar teng kelib qolgan taqdirda I, II va III o‘rinlarni taqsimlash hakamlar hay’ati a’zolari tomonidan hal etiladi.

Tanlov so‘ngida g‘olib va ishtirokchilari I, II va III darajali diplomlari va qimmatbaho sovg‘alari bilan, tanlov davomida aniqlangan turli yo‘nalishlardagi eng faol jamoa a’zolari va ishtirokchilari esa hamkor tashkilotlar hamda institut Kasaba uyushma qo‘mitasi BTning rag‘batlantiruvchi diplom va sovg‘alari bilan taqdirlandi. Hamda turli nominatsiyalar bilan taqdirlandi.

 

Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi