XAVSIZLIK CHORALARI KO‘RILDI

 

Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida joriy yilning 4 aprel kun 11:00da talaba- yoshlar o‘rtasida “Yo‘llarda sodir bo‘layotgan transport hodisalar sabablari” mavzusidagi profilaktik tadbir bo‘lib  o‘tdi.

Unda Toshkent shahar YXXB XXNBT bosh muhandisi, mayor B.M. Nazarov, Toshkent shahar YXXB XXNBT aloqa muhandisi, katta leytenant S.Sh. Xodjaev, Toshkent shahar YXXB XXNBT aloqa muhandisi, katta leytenant A.A. Karimov “Elektromexanika” fakulьteti dekan muovini M.E. Abduvaxabov, “Ma’naviyat va ma’rifat” va iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi xodimlari, Murabbiylar Kengashi a’zolari, Xotin-qizlar qo‘mitasi BT a’zolari,  Yoshlar ittifoqi BT a’zolari

Professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar, Jami 60 nafar ishtirokchi.

Tadbir avvalida Toshkent shahar YXXB XXNBT bosh muhandisi, mayor B.M. Nazarovning  ma’ruzasi. “2018 yilda sodir etilgan avtohalokatlar”  videofilьm namoyish etildi.

So‘ngra tadbirni dekan muovini M.E. Abduvaxobov kirish so‘zi bilan ochib, kun tartibidagi mavzu bilan ishtirokchilarini tanishtirdi. Mazkur tadbirni tashkil etishdan maqsad professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar o‘rtasida yo‘llarda bo‘lishi mumkin bo‘lgan turli ko‘ngilsizliklardan saqlanish, qolaversa, bugungi kunning dolzarb masalasi hisoblangan, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash ishlarida e’tiborli bo‘lishimiz talab etilishini targ‘ib qilish, ilm cho‘qqilariga erishish bilan birgalikda, yo‘llarimizda havfsizlikni ta’minlashda o‘z hissamizni qo‘shishimiz barchamizning oldimizdagi asosiy vazifalardan biri ekanligini ta’kidlab so‘z navbatini Toshkent shahar YXXB XXNBT bosh muhandisi, mayor B.M. Nazarovga berdi.

B.M. Nazarov  o‘z nutqida O‘zbekiston Respublikasi rahbariyati va hukumati, shuningdek, ichki ishlar vazirligi tomonidan yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash masalalariga, jumladan, yo‘l–transport hodisalarining oldini olish, transport vositalarining texnik holatini, yo‘llarning ahvolini yaxshilash hamda «Yo‘l harakati qoidalari» talablarini fuqarolarga etkazish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirib kelmoqda. SHunga qaramay talabalar tomonidan turli qoidabuzarliklar amalga oshirilmoqda. Jumladan, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligini oshirish, transport va piyodalar, bolalar ishtirokidagi yo‘l-transport hodisalarining oldini olish borasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish chora tadbirlarini ko‘rish, transport vositalarining texnik tayyorgarligini yaxshilash va ushbu masalalarga keng jamoatchilikning, turli tashkilot va muassasalar rahbarlarining hamda ommaviy axborot vositalarining e’tiborini qaratish asosiy vazifalari etib belgilanligini, yo‘lda harakatlanayotganimizda har tomonga qarab yurishimiz lozimligi haqida, shu bilan birga sog‘ bo‘lishimiz o‘z qo‘limizda ekanligini gapirib o‘tdi.

Keyingi so‘z navbati Toshkent shahar YXXB XXNBT aloqa muhandisi, katta leytenant  S.Sh. Xodjaevga berildi.

S.Sh. Xodjaev o‘z nutqid har bir harakat ishtirokchisini madaniyatli bo‘lishi, madaniyat tushunchasini to‘laligicha anglab etadigan harakat ishtirokchisiga aylantirish asosiy vazifalarimizdan biri hisoblanishini, yo‘llarimizda sodir bo‘layotgan turli hodisalarning oldini olish, insonlar hayotini saqlab qolish faqatgina yo‘l harakati xavfsizligi xodimlarining vazifasi, deb bilmasliklarimizni, chunki, har birimiz, avvalo, o‘z hayotimiz va qolaversa o‘zgalar hayoti xavfsizligiga mas’ulligimizni, uydan ko‘chaga chiqdingizmi, biz yo‘l harakati ishtirokchisiga aylanishimizni, biz uchun belgilangan yo‘l harakati qoidasiga amal qilishimiz  shart va zarurligini ta’kidlab o‘tdi.

Keyingi so‘z navbati Toshkent shahar YXXB XXNBT aloqa muhandisi, katta leytenant A.A. Karimovga berildi.

A.A. Karimov o‘z nutqida bugungi kunda transport vositalari parki, ularning qatnov jadalligi, zamonaviy talablar darajasidagi dinamik va tezlik xususiyatlari yuqori bo‘lgan o‘zimizda va horijda ishlab chiqarilayotgan avtomobillar harakatlanishi yil sayin o‘sib bormoqdaligini, bu esa o‘z navbatida respublika hududida yo‘l-transport hodisalarining sonini oshib ketishi bilan birgalikda, davlatimizga nafaqat moddiy, balki ma’naviy zarar ham keltirayotganligini, talabalar o‘rtasida tarbiyaviy ishlar etarli darajada olib borilmasligi, yoshlar tomonidan tegishli hujjatlarga ega bo‘lmasdan, transport vositalarini boshqarishlari oqibatida talabalari tomonidan ko‘plab yo‘l-transport hodisalari sodir etilmoqdaligini gapirib o‘tdi.

Tadbir davomida talabalar diqqatiga“ 2018 yilda sodir etilgan avtohalokatlar”  videofilьm namoyish etildi.

 

 

Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi