ISTE’DODLI YOSHLAR SARALANMOQDA

 

Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida joriy yilning 5 aprel kuni soat 13:00 da fakultetlararo o‘tkaziladigan “Talabalik bahori 2019” festivaliga start berildi. Oliygohning Qurilish fakulteti talabalari festivalni boshlab berdi. 

Ushbu festival institutda ma’naviy-axloqiy tarbiya va ma’rifiy ishlarni takomillashtirish, iqtidorli va iste’dodli yoshlarni aniqlash, ularning intellektual va ijodiy potensialini qo‘llab-quvvatlash, ta’lim dargohi jamoasining xalqimiz milliy qadriyatlarga bo‘lgan hurmatini oshirish, milliy va umuminsoniy urf-odat, an’analarga nisbatan qiziqishlarini yanada o‘stirish, jamiyat hayotidagi ro‘y berayotgan ijtimoiy siyosiy o‘zgarishlar mazmunini qamrab olish maqsadida o‘tkazilib kelinmoqda.

 

Festivalni o‘tkazish tartibi va shartlari quyidagilardan iborat. Haftaning har juma kuni soat 13-00 da bo‘lib o‘tadi. Festivalni 4 kishidan kam bo‘lmagan hakamlar hay’ati baholaydi. Hakamlar hay’ati tarkibi san’at yoki adabiyot sohasi bo‘yicha mutaxassislikka ega bo‘lgan va Toshket temir yo‘l muhandislari institutidan boshqa muassasalarda faoliyat yuritayotgan a’zolardan tashkil topgan. Festivalda ishtirok etuvchi jamoalarning a’zolari kamida 30 kishidan iborat bo‘lib, jamoa institut fakultetlarida tahsil olayotgan talaba-yoshlar, fakultetni bitirib shu kunda institut magistraturasida tahsil olayotgan talabalar, fakultet bitiruvchilari, fakultetda faoliyat ko‘rsatayotgan professor-o‘qituvchilar hamda ishchi-xodimlardan shakllangan bo‘lishi kerak.

Hakamlar hay’ati jamoalarga qo‘ygan ballarini izohlab beradilar, qo‘yilgan ballar o‘zgartirilmaydi va festival jarayonida hakamlar ishiga xalaqit berish qat’iyan man etiladi.

Sahnada raqib jamoalarni kamsitish, milliy mentalitetimizga begona bo‘lgan mavzudagi hamda qo‘pol hazillardan foydalanish man etiladi. Avval sahnalashtirilgan tayyor spektakllar va ulardan olingan parchalarni namoyish etish tavsiya etilmaydi. Jamoalar o‘z chiqishlarida fonogrammadan foydalanishlari mumkin, lekin qo‘shiqlar matni o‘zlari tomonidan ijro etilgan bo‘lishi shart (maxsus shartlar bundan mustasno). Jamoalarning sahnaviy ko‘rinishlari ssenariysi tashkiliy qo‘mitaga festival bo‘lib o‘tadigan kundan 3 kun oldin yuborilishi shart va tashkiliy qo‘mita festival shartlariga zid bo‘lgan sahnaviy ko‘rinishlarni olib tashlash huquqiga ega.

Festival dasturi hay’at a’zolariga taqdim etildi. Dasturda festivalga taqdim etilayotgan badiiy chiqishlarning nomi, mualliflari va ijrochilari, tomoshalarning davom etish vaqtlari ko‘rsatildi.

 

 

Qurilish fakulteti talabalari quyidagi shartlar bo‘yicha  baholandi.

  1. Salomlashish. Jamoa a’zolari o‘zlarining fakultetlari haqida to‘liq ma’lumot berishlari va teatrlashtirilgan satirik lavhalar, hangomalar, hazil –mutoyibalar orqali mavjud yoshlar muammolarini olib chiqishdi. Belgilangan vaqt 8-10 daqiqani tashkil etdi. 7+8+8+9=32
  2. Yakka yoki juftlik ijrosidagi raqs. 8+8+8+9=33
  3. Musiqa asbobida asar ijrosi. 8+10+9+8=35

4.She’rxonlik. 24 qatordan kam bo‘lmagan she’rni (g‘azal, manolog, bag‘ishlov va h.k.) ifodali yoddan o‘qish (3-6 daqiqa).9+10+10+9=38

  1. Qo‘shiq. Yakka yoki bir necha talabalar ijrosida qo‘shiq. Mumtoz va an’anaviy yo‘nalishdagi qo‘shiqlar jonli ijro etilishi afzal ko‘rildi (3-5 daqiqa). 8+8+7+8=31
  1. Ommaviy raqs. (5-7 daqiqa).9+8+10+10=37

7.Sahna ko‘rinishi. Ta’lim tizimida hamda mahallalarda yuzaga kelayotgan muammolar, kamchiliklar, yoshlar muammolari, buyuk ajdodlarimiz hayoti va faoliyatini o‘zida aks ettirgan mumtoz hamda tarixiy voqeliklar sahna ko‘rinishida namoyish etildi. (10-12 daqiqa). 10+10+10+9=39

  1. 8. Folklor. Urf-odatlar va turli marosimlar shuningdek, baxshilik va doston, qo‘shiq va laparlar, xalq o‘yinlari, alla va xalq og‘zaki ijodi namunalari taqdim etildi. Boshqa millatning milliy an’analari bilan bog‘liq tomoshalar ham namoyish etildi. (8-10 daqiqa). 8+10+8+8=34
  2. 9. Devoriy gazeta. Ushbu shart jamoalarning o‘ziga xos ijodiy yondashuvi bo‘lib, 4ta A1 formatda chizilishi kerak. Institut xodimlaridan iborat maxsus ishchi guruh tomonidan baholanadi. 32 ball
  3. 10. Konkursdan tashqari chiqishlar. Jamoalar konkursli nomerlar orasida badiiy chiqishlar qildilar. Festival davomida ushbu chiqishlarning umumiy soni 9ta va ulardan biri “Institutdagi muammo talaba nigohida” deb nomlangan videorolik bo‘lishi shart. 6+8+8+8=30
  4. 11. Viderolik. 04.2019 kuni final bosqichida ko‘rsatiladi. Unda fakultet jamoasi a’zolari ijrosida Harakatlar strategiyasi, yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida 5-7 daqiqadan oshmagan videorolik namoyish etilishi lozim.

Jami: 341 ball.

Videorolik sharti uchun 40 ball ajratilgan.

Festival uchun jami 440 ball ajratilgan.

Joriy yilning 12 aprel kuni Iqtisodiyot fakulteti talabalari  ishtirok etadi.

Festivalda eng ko‘p ball to‘plagan jamoa g‘olib deb hisoblanadi. Bir nechta jamoalarning umumiy ballari teng bo‘lib qolgan taqdirda hakamlar hay’ati tomonidan qo‘shimcha shart(lar) belgilanadi va g‘olib jamoa aniqlanadi.

Festivalda g‘olib bo‘lgan fakultet jamoasidan 50 nafar talaba-yoshlar uchun O‘zbekistonning tarixiy shaharlaridan Buxoro shahriga ekskursiya tashkil etiladi.

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, festivalda muvafaqqiyatli ishtirok etgan jamoalar institut kasaba uyushma qo‘mitasi, homiylar va jamoat tashkilotlari ta’sis etgan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadilar. Shuningdek tanlov yakuniga muvofiq quyidagi nominatsiyalar aniqlanadi:

  1. “Institut yil qo‘shiqchisi” nominatsiyasi;
  2. “Institut yil raqqosasi” nominatsiyasi;
  3. “Eng yaxshi rejisser” nominatsiyasi;
  4. “Eng mohir sozanda” nominatsiyasi;
  5. “Eng yaxshi she’r ijrosi” nominatsiyasi;
  6. “Eng yaxshi tashkilotchi” nominatsiyasi;
  7. “Akterlik mahorati” nominatsiyasi;
  8. “Eng faol ishtirokchi” nominatsiyasi;
  9. “Eng yaxshi suxandon( qiz/yigit)” nominatsiyasi;
  10. “Eng yaxshi sahna asari” nominatsiyasi;
  11. “Eng yaxshi folklor” nominatsiyasi;
  12. “Festival kashfiyoti” nominatsiyasi;
  13. “Eng yaxshi ommaviy raqs” ijrosi;
  14. “Eng yaxshi xoreograf” nominatsiyasi;
  15. “Muxlislar e’tirofini qozongan jamoa” nominatsiyasi;
  16. “Eng madaniyatli jamoa” nominatsiyasi;
  17. “Eng quvnoq va zukko jamoa” nominatsiyasi;
  18. “Festival g‘olibi” nominatsiyasi.

 

Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi