E’lon

 

Institut talabalari o‘rtasida “Jaholatga qarshi ma’rifat”, “Men diniy ekstremizm va terrorizmning tahdidini qanday tushunaman? ”, mavzularidagi ijodiy insholar tanlovi bo‘lib o‘tmoqda. 1,2,3 o‘rinni egallagan talabalar institut tomonidan maxsus diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

Tanlovning har bir yo‘nalishi bo‘yicha Respublika bosqichida g‘olib bo‘lgan talabalar quyidagi tartibda pul mablag‘lari va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliginingdiplomlari bilan rag‘batlantiriladi:

“Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusidagi ijodiy ishlar uchun:

1-o‘rin – 1800000 (bir million sakkiz yuz ming) so‘m;

2-o‘rin – 1500000 (bir million besh yuz ming) so‘m;

3-o‘rin –  1200000 (bir million ikki yuz ming) so‘m;

“Men diniy ekstremizm va terrorizmning tahdidini qanday tushunaman?” mavzusidagi ijodiy ishlar uchun:

1-o‘rin – 1800000 (bir million sakkiz yuz ming) so‘m;

2-o‘rin – 1500000 (bir million besh yuz ming) so‘m;

3-o‘rin –  1200000 (bir million ikki yuz ming) so‘m;

Insholar 25 aprelga qadar yozma shaklda institut “Ma’naviyat va ma’rifat” va iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi tomonidan qabul qilinadi (323 xona).

 

 

Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi