INISTITUTNING “RIYOSAT” JAMOASI G‘OLIB BO‘LDI

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida joriy yilning 13 aprel kuni  oliy ta’lim muassalari o‘rtasida “Tafakkur sinovlari” Respublika tanlovining ikkinchi(saralash) bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovdan ko‘zlangan maqsad mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash, yuksak ma’naviyatli, mustaqil va erkin fikrlaydigan, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini puxta o‘zlashtirgan har tamonlama sog‘lom va barkamol avlodni voyaga etkazishga qaratilgan.

Yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirish hamda institut talabalarini O‘zbekistonning eng yangi tarixi davrida siyosat va huquq sohalaridagi o‘zgarishlar va erishilgan yutuqlar bo‘yicha tarix, siyosiy-huquqiy bilimlari darajasini aniqlash, nazariy bilimlarini hayotga tatbiq etish ko‘nikmalarini shakllantirish, ularga o‘z iqtidorlarini namoyish etish uchun imkoniyat yaratish hamda iste’dodli yoshlarni rag‘batlantirish maqsadida tashkil etildi.

“Ma’naviyat va ma’rifat” va iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi,“Ozbekiston yoshlar ittifoqi” BT, vakillari ishtirok etdi.

Mazkur tanlovda 4ta TDIU, TTYMI, TATU, ToshFarmI institut va universitetlari o‘zaro bellashdi.

Tafakkur sinovlarida ishtirokchilar “Salomlashuv”, “Tezkor savol-javob”, “Muammo va echim”, “Sahnada tafakkur sinovlari” kabi shartlar bo‘yicha bellashdi.

Tanlovda Toshkent temir yo‘l muhandislari institutining “Rayosat” jamoasi birinchi o‘rinni egalladi va keyingi hududiy bosqichga yo‘llanma oldi.

 

Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi