SPORT GO‘ZALLIK, SALOMATLIK GAROVI

 

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari A.Abduxakimov tasdiqlagan yig‘ilish  (2019 yil 23.04.14-14/-771-son) bayonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning may oyini mamlakatimizda “Sport oyligi” deb e’lon qilingan.

Shu munosabati bilan joriy yilning 1 may kuni Toshkent temir yo‘l muxandislari institutining Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Jismoniy tarbiya” kafedrasi hamda Kasaba uyushmasi bilan hamkorlikda institutning ayol o‘qituvchilari, talaba –qizlar o‘rtasida Velosport musobaqasi o‘tkazildi.

Shiddatli va qizg‘in kechgan Velosport musobaqasida ,Temir yo‘ldan foydalanish ishlarini boshqarish kafedrasi assisenti Nargiza Svetasheva birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Talaba – qizlardan birinchi o‘ringa  TTE va TL fakulьtet TS – 28 gurux  talabasi Maftuna Karimovga qo‘lga kiritdi .

Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi