ZERO XOTIRA HAMISHA MUQADDAS, QADR AZIZDIR

Mamlakatimizda 9 may – Xotira va Qadrlash kuni umumxalq bayramini keng nishonlash, Ikkinchi jahon urushida fashizmga qarshi kurashishga hissa qo‘shgan, olovli janggohlardan omon qaytgan bobolarimizga, front ortida og‘ir kunlarni sabr-bardosh bilan enggan, mashaqqatli sinovlarda o‘zligini yo‘qotmagan, imoni butun ajdodlarimizga mehr-oqibat tom ma’noda barcha faxriylarga hurmat ko‘rsatib kelinmoqda.

Shu munosabati bilan joriy yilning 7 may kuni Toshkent temir yo‘l muxandislari institutining Xotin-qizlar qo‘mitasi, Murabbiylar Kengashi va “Elektromexanika” fakultetning 704 b-guruxi va faol talabalari bilan birgalikda Ikkinchi jaxon urush qatnashchisi, Ukraina frontida xizmat qilgan Mirobod tumani “Birodarlik” maxallasida istiqomat qiluvchi Shakirov Minsabir Nurullaevichni 9 may “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan ularning uy-ro‘zg‘or yumushlariga ko‘maklashdi hamda bayram bilan tabrikladi.

Yuzma-yuz suhbatlar chog‘ida faxriylar dunyo xalqlari boshiga musibat solgan mash’um urush, o‘sha og‘ir kunlarni matonat bilan engib o‘tgan ota-bobolarimizning engilmas irodasi, cheksiz matonati haqida so‘zlab berdi. Yoshlarga bugungi tinch-osoyishta kunlarga osonlikcha erishilmagani, uni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash lozimligi yurtimizda yaratilgan sharoit va imkoniyatlardan to‘la foydalangan holda chuqur bilim olish, yaxshi kasb egasi bo‘lish, shu orqali Vatanimiz taraqqiyoti uchun hissa qo‘shish yosh avlodning muqaddas burchi ekanligini ta’kidladi.

Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi