Ijarada yashaydigan talabalar xar doim nazoratda

Davlatimiz rahbarining “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3151sonli qaroriga muvofiq, talabalar bilimini nazorat qilish, baholash tizimi yangi nizomi va yashash sharoitini o‘rganish ishlari ishlab chiqildi.

Bugun yoshlarni bir joyga jamlash, ular bilan jiddiy ish olib borish haqida ko‘p gapirilmoqda. Shu ma’noda, ijarada turgan talabaga ham alohida e’tibor zarur.

Ilgari kurs rahbarlari ijarada turadigan talabalar bilan etarlicha ish olib bormas edi. Natijada turli muamolar kelib chiqardi. Bu kabi muammolarni bartaraf etish maqsadida Prezidentimizning “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra, endi har bir kurs rahbariga ijarada yashagan talaba bilan jiddiy ishlashi uchun oylik maoshiga ustama qo‘shib beriladi.

Davlatimiz tamonidan murabiylarga ko‘rsatilgan e’tibor tufayli, murabbiylar o‘z ustida yanada ko‘p ishlamoqda. Jumladan, har bir talabani muntazam nazorat ostiga olib, tartib intizomni kuchaytirishga, ularning ta’lim olish sifatini mustahkamlashga, ma’naviy boy qilish maqsadida madaniy-ma’rifiy tadbirlar, muzey, tarixiy qadamjoylar, mustaqillik davrida qurilgan inshootlar bilan yaqindan tanishtirilmoqda.Talabalarga yaratilgan sharoit bilan qiziqish ularning dars mashg‘ulotlarining o‘zlashtirishlariga bevosita daxldor ekani ayon. Talabalarga o‘qish sharoitlari ko‘ngildagidek yaratilgani aniq. Ayni paytda ularning istiqomat qiladigan joylari qay tarzda ekanligini, kimning xonadonida kim bilan birga istiqomat qilishini bilish pedagog- murabbiylarning burchi va vazifasidir.

Xuddi shu ma’noda Murabbiylar Kengashi raisi F.I.Mamurova xamda kengash a’zolari A.A.Maxmudov, N.U.Babaxanovalar murabbiylarning talabalar yashayotgan ijaralarda olib borilayotgan faoliyati o‘rganish maqsadida institut artofidagi maxalla oqsoqollari, maxalla posbonlari bilan xamkorlikda ijara beruvchilar bilan suhbatlar o‘tkazib talabalar xolidan xabar olindi.

“Birodarlik” mahallasida bo‘lishdi hamda mahalla fuqarolar yig‘ini raisi va Jamoatchilik tuzilmasi rahbari (posboni) Artikov G‘ E.birgalikda shu mahallaga tegishli  Eltuzar, Dashnobod 2-tor, Dashnabod, Mirzajaxongir, Kichik beshegoch 1-tor, Dashnobod 1-tor kuchalari  ko‘chalarda ijarada yashovchi talabalar holidan xabar olishdi. Ijara beruvchilar bilan aloxida gaplashib, talabalar kim bilan yashaydi, xarakteri, yashash sharoitlari, talabalar oldiga kimlar keladi, kechgacha kuchada yurishadimi, ishlashadimi maьlumotlar olindi.

“Banokotiy” mahallasida bo‘lishdi hamda mahalla fuqarolar yig‘ini raisi va Jamoatchilik tuzilmasi rahbari (posboni) Xidirov Sherbek bilan birgalikda shu mahallaga tegishli  ko‘chalarda ijarada yashovchi talabalar holidan xabar olishdi.

“Navro‘z” mahallasida bo‘lishdi hamda mahalla fuqarolar yig‘ini raisi va XUJMSH raisi Botirov I.I. birgalikda shu mahallaga tegishli  Sarakul, Sarakul 4 tupikdagi ko‘p qavatli uylarida ijarada yashovchi talabalar holidan xabar olishdi. Ijaraga beruvchilar bilan aloxida gaplashib, talabalar kim bilan yashaydi, xarakteri, yashash sharoitlari, komunal xizmatlari yo‘lga qo‘yilganligi, yong‘in xavfsizligi va sanitariya-gigiena qoidalariga roiya qilinganligi xolati ko‘rildi.

Ijarada yashaydigan talabalarga sanitariy-gigienik talablar, yashash shoroiti odob-axloq qoidalari, gazdan foydalanish talablari, kompyuter vositalari, internetdan foydalanish qoidalari to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

Xar oy borib talabalar xolidan xabar olayotgan murabbiylarga ijara beruvchi uy egalari o‘z minnatdorchiligini bildirdi. (murabbiylar: Saidajanov Sh., Normurodov Sh.U., Svetasheva N., Tuychiev A.M., Xasanov F.F.,Nishonova G.X., Ibragimova G.R., Toxirov N.S.)

Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi