Kitob aql qayrog‘i va bilim manbaidir

Joriy yilning 13-may kuni institut Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor D.X.Baratov hamda yetakchi-pedagog G.B.Tilavboyeva ishtirokida 5-TTJ 3-qavat talaba qizlari bilan birgalikda “Kitobxonlik madaniyati”ni yuksaltirishga qaratilgan davra suhbati o’tkazildi.

Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor D.X.Baratov so’z o’rnida Kitob — insonning eng yaqin do‘sti va maslahatchisi, aql qayrog‘i va bilim manbaidir. Kitob fikrlash quroli, xazinalar kaliti, tafakkur manbai ekanligini ta’kidlab o’tdi. Suhbat jarayonida yoshlar ertangi kunga bo’lgan qarashlarini, taklif va mulohazalarini, kamchilik va minnatdorchiliklarini ochiq muloqot jarayonida bo’ltib o’tdi. Barcha kelishgan holda Djek Londonning “Martin Iden” va Tursunoy Sodiqovaning “Qizlar daftariga” asarlari doirasida bahs qilishni o’rtaga tashladi.

 

Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi