INISTITUTIMIZNINGNING “RIYOSAT” JAMOASI FINALDA

 

Toshkent temir yo’l muhandislari instituti joriy yilning 16 may kuni 10:00da oliy ta’lim muassalari o‘rtasida “Tafakkur sinovlari” Respublika tanlovining uchinchi(saralash) bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovdan ko‘zlangan maqsad mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash, yuksak ma’naviyatli, mustaqil va erkin fikrlaydigan, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini puxta o‘zlashtirgan har tamonlama sog‘lom va barkamol avlodni voyaga etkazishga qaratilgan.

Yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirish hamda institut talabalarini O‘zbekistonning eng yangi tarixi davrida siyosat va huquq sohalaridagi o‘zgarishlar va erishilgan yutuqlar bo‘yicha tarix, siyosiy-huquqiy bilimlari darajasini aniqlash, nazariy bilimlarini hayotga tatbiq etish ko‘nikmalarini shakllantirish, ularga o‘z iqtidorlarini namoyish etish uchun imkoniyat yaratish hamda iste’dodli yoshlarni rag‘batlantirish maqsadida tashkil etildi.

“Ma’naviyat va ma’rifat” va iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi hamda “Yoshlar ittifoqi” BT,  ishtirokida o’tkazilmoqda.

Mazkur tanlovda 5 ta institut ya’ni Toshkent temir yo’l muhandislari instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mehanizatsiyasi muhandislari instituti, O‘zbek tili va adabiyoti universiteti hamda Toshkent davlat texnika universiteti jamoalari o‘zaro bellashdi.

Tafakkur sinovlarida ishtirokchilar “Salomlashuv”, “Tezkor savol-javob”, “Muammo va echim”, “Sahnada tafakkur sinovlari” kabi shartlar bo‘yicha bellashdi.

Tanlovda Toshkent temir yo‘l muhandislari institutining “Rayosat” jamoasi 4 ta shart yakuniga ko’ra g‘olib chiqdi va keyingi final bosqichiga yo’llanma oldi.

Final bosqichida inistitutimiz “Rayosat” jamoasiga omad tilab qolamiz.

Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi