TEMIR YO’L FAXRIYLARI BILAN BO’LAJAK TEMIRYO’LCHILAR UCHRASHUVI

Joriy yilning 16 may kuni Toshkent temir yo’l muhandislari institutining Elektromexanika fakultetiga qarashli “Lokomotivlar va lokomotiv xo’jaligi” kafedrasida institutimizda 1959-1965-yillarda ta’lim olgan faxriy bitiruvchilar, o’qituvchi-professorlar bilan talabalar o’rtasida ochiq davra suhbati bo’lib o’tdi.

Bu davra suhbatini “Lokomotivlar va lokomotiv xo’jaligi” kafedrasi murabbiylari: Kamalov I.S. Ablyalimov O.S. Julenev N.V. Djaniqulov A.T. Qosimov O.T. Qosimov H.R. Hismatulin M.Ilar faol ishtirok etdi.

Talabalar bilan bo’lib o’tgan ochiq davra suhbati qizg’in ravishda amalga oshirildi. Davra suhbatiga tashrif buyurgan faxriylar Toshkent temir yo’l institutida 1959-1965-yillarda ta’lim olgan Ne’mat G’ulomovich Mahbubov, Baxtiyor Tohirovich Fayziyev va Marsel Mahmudovich Rahmonqulovlar ishtirokida amalga oshirildi.

Institutimiz faxriylarining hayot yo’li bilan tanishish talaba-yoshlarda katta qiziqishlar bilan kutib olindi. Ayniqsa, 1968-yildan 2014 yilga qadar ishlagan Fayziyev Baxtiyor Tohirovich o’zining institutda bosib o’tgan yo’lini va qay tarzda mashaqqat bilan erishgan yutuqlarini birma-bir talabalarga so’zlab berdi. Bu asnoda, talabalar o’zlari uchun bu kabi institutimiz faxriylaridan anchagina ma’lumotlarni bilib olishdi va ushbu amaliy ma’lumotlar talabalar kelajagida o’zining amaliy yordamini ko’rsatsa ajab emas. Ushbu davra suhbatida kafedra o’qituvchi – murabbiylar hamda talabalaridan tashqari “Vagonlar va vagon xo’jaligi” kafedrasi katta o’qituvchisi Inagamov S. ham ishtirok etdilar.

Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi