101-maktabda Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti “Rektor kubogi” uchun musobaqa tashkil qilindi.

Joriy yilning 23 may kuni Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti kasaba uyushmasi raisi I.A.Xolboev, Elektromexanika fakultiti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini M.E.Abduvaxobov hamda lokomotivlar va lokomotiv xojaligi kafedra mudiri Kamalov I.S lar  Chilonzor tumani 101- sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari o‘rtasida “Rektor kubogi” musobaqalari o‘tkazdi.

Musobaqada 15 ta jamoa 5,6,7-sinf o‘quvchilari  o‘zaro bahslashdi. Sport musobaqasi  chiroyli, shiddatli va xujumkor o‘yinlarga boy bo‘ldi.

–Ushbu musobaqani yoshlar o‘rtasida o‘tkazishdan asosiy maqsad, ularni sport bilan muntazam shug‘ullanishga qiziqtirish, sog‘lom va barkamol avlod qilib voyaga etkazishdan iborat. Shu boisdan, bugun o‘quvchi-yoshlarni darslardan bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etish bo‘yicha qator amaliy ishlarni olib borilmoqda.

Yakuniy natijalarga ko‘ra

1 o’rin 5 e

2 o’rin 5 z

1 o’rin 6 j

2 o’rin 6 z

1 o’rin 7 d

2 o’rin 7 j

Sinf futbolchilari g‘alaba qozonib “Rektor kubogi” soxibiga aylandi.

“Rektor kubogi” yakunida futbol maydonining o‘zida o‘tkazilgan taqdirlash marosimida 2 o’rin jamoalarga diplom, qimmatbaxo sovg‘alar va  1 o‘rinni egallagan jamoaga ko‘chma kubok topshirildi.

Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi