BESH TASHABBUS-BESH IMKONIYAT

2019 yil 19 martda Prezidentimiz tomonidan Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus bo‘yicha  bugungi kunda yoshlarga bo‘lgan e’tiborni yanada kuchaytirish, ularni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, yoshlarda axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish, yurtimiz yoshlari o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish masalalariga alohida urg‘u berilayotganini anglatadi.

Mana shunday tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Toshkent temir yo‘llar muxandislik instituti “Informatika va kompyuter grafikasi” kafedrasining professor o‘qituvchilaridan F.I.Mamurova va N.Sh.Xodjaevalar tomonidan, “Banokotiy” MFY xotin-qizlar bilan ishlash, oilalarda ma’naviy-axlokiy qadriyatlarni mustaxkamlash bo‘yicha mutaxassis Sh.S.Muxitdinova, institut “ma’naviyat va ma’rifat” va iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi uslubchisi Sh.Qosimova xamda institut psixologigi R.Baratovalar 5-tashabbusini qo‘llab-quuvvatlash maqsadida Mirobod tumani 175-maktabidagi o‘quvchi qizlari bilan davra suhbati o‘tkazildi.

Bunda jamiyatimizda xotin-qizlarga bo‘lgan hurmat va e’tibor, shuningdek, ular yozgi ta’til vaqtida sport to‘garagi qatnashishni, kompyuter texnologiyalari, badiiy kitoblarni mutoola qilish aytildi.

Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi