YOSHLAR SOG‘LOM TURMUSH TARAFDORI


      Toshkent temir yo‘l muhandislari  institutida joriy yilning 27 may        kuni “OITS kasalligi va uning profilaktikasi” mavzusiga bag‘ishlangan tabdir bo‘lib o‘tdi.

Toshkent OITSga qarshi kurashish  markazi epidemiologi  D.A. Akromova “Ma’naviyat va ma’rifat” va iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi, xodimlari, institut xotin-qizlar qo‘mitasi BT a’zolari, professor-o‘qituvchilar, psixolog R.R. Baratova, Murabbiylar kengashi a’zolari hamda talabalar 110 nafar Elektromexanika fakulьteti, “Ma’naviyat va ma’rifat” va iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi ishtirok etdi.

Tadbirda “Biz sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz!” va “Men, OIV profilaktikasi tarafdoriman!” shiorlari ostida suhbat bilan boshlandi. Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti “Ma’naviyat va ma’rifat” va iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi uslubchisi  Sh.R. Kasimova mutaxassis bilan talabalarni tanishtirib o‘tdi. Kun tartibiga kiritilgan masalaga e’tibor qaratdi. So‘z  Toshkent OITSga qarshi kurashish  markazi epidemiologi  D.A. Akromovaga berildi.

D.A.Akramova o‘z nutqida OIV infeksiyasi uzoq davom etuvchi surunkali virusli yuqumli infeksiyalar qatoriga kiradigan antroponoz kasallikdir. Haqiqatdan ham xastalikning yashirin davri 3-6 oydan 10 yil va undan ham ko‘proq davom etishi mumkin. OIV infeksiyasi laboratoriyalarda qon tahlilini shu infeksiyaga tekshirish asosida aniqlanadi. Laboratoriya tekshiruvisiz, hech qachon bemorning tashqi qiyofasiga va klinik belgilariga qarab, «Sizda OIV infeksiyasi bor», deb aytib bo‘lmaydi. OIV infeksiyasi yuqqandan keyin 3 oy ichida kasallikni laboratoriya usulida aniqlash mumkin. OIV onadan bolaga yuqishining oldini olish maqsadida homilador ayollar barvaqt xisobga olinib, homiladorlikning 12 haftasidan boshlab, sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi bo‘g‘imida bepul OIV infeksiyasiga tekshiriladi.

Infeksiya aniqlangan holatlarda ular dispanser kuzatuviga olinadi va antiretrovirus profilaktikasi bilan qamrab olinadi. Olib borilayotgan profilaktik tadbirlar natijasida hozirda O‘zbekistonda 99 foiz holatlarda OIV infeksiyali onalardan sog‘lom farzandlar tug‘ilishiga erishildi. Migratsiya jarayonlari aholi orasida OIV infeksiyasining tarqalishiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda. Keyingi yillarda chet davlatlarda uzoq vaqt bo‘lib, qaytgan fuqarolarimiz orasida OIV infeksiyasi bilan kasallanish holatlari aniqlanmoqda. Umumiy ro‘yxatga olinganlarning chorak qismi mehnat migrantlariga to‘g‘ri kelmoqda. Respublikamizdan uzoq muddatga, ya’ni 3 oydan ortiq muddatga chetga chiqib, qaytgan shaxslar, albatta, ixtiyoriy ravishda OIV infeksiyasiga tekshirish bilan qamrab olinadi. Odam organizmiga tushgan virus ma’lum darajada me’yorda ishlab turgan immun tizimini emira boshlaydi. Virus bilan organizm o‘rtasidagi kurash uzoq davom etadi, ammo virus organizmda ko‘payib asta-sekin immun tizimni mutlaqo izdan chiqaradi.

Shu vaqtdan OITS davri boshlangan hisoblanadi. Bu davr uchun xos bo‘lgan alomatlar yo‘q. Zero, bu davrda organizmga tushgan mikrob, virus, zamburug‘ kasallik qo‘zg‘atishi mumkin. SHuning uchun bu davr tuzalishi qiyin bo‘lgan turli-tuman kasalliklar alomatlari bilan namoyon bo‘ladi. Ya’ni, sababsiz uzoq davom etuvchi yo‘tal, odamning qisqa vaqt ichida keskin ozib ketishi, haroratning uzoq vaqt sababsiz ko‘tarilishi, uzoq vaqt ich ketishi, og‘iz bo‘shlig‘i va turli a’zolarning yallig‘lanish belgilari, xavfli o‘smalarning rivojlanishi paydo bo‘la boshlaydi. Bemorlar OIVning bevosita ta’siridan emas, balki yuqoridagi yondosh kasalliklarning asoratlari tufayli hayotdan ko‘z yumushlari mumkin.

Tadbir so‘ngida talabalar tomonidan berilgan savollarga mutaxassis tushunarli va ogohlikka da’vat etgan holda javob berdi.

Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi