YOSHLAR YOT G‘OYALARNI YOQLAMAYDI

Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida joriy yilning 30 may kuni talaba-yoshlari ishtirokida “Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari” mavzusiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti rektori U.T. G‘ofurov, O‘zbekiston Respublikasi DXX xodimi B. Babashev, “Ma’naviyat va ma’rifat” va iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i F.K. Azimov va bo‘lim xodimlari, Yoshlar ittifoqi BT yoshlar etakchisi A.R. Sotvoldiev, Fakultet dekan muovinlari M.E. Abduvaxabov, M.O. Axmedov, A.X. Jalilov, N.K. Aripov, Murabbiylar Kengashi raisi F.I. Mamurova, Xotin-qizlar qo‘mitasi BT raisi N.Sh. Xadjaeva, Psixolog R.R. Baratova hamda talabalar ishtirok etdi.

Mazkur tadbirdan ko‘zlangan maqsad mustaqil fikrlaydigan, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan qaraydigan, qat’iy hayotiy e’tiqod va qarashlarga ega bo‘lgan, milliy mentalitetimizga yot zararli ta’sirlarga qarshi turishga qodir yoshlarni tarbiyalashga qaratildi.

Tadbirni “Ma’naviyat va ma’rifat” va iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i F.K. Azimov kirish so‘zi bilan ochdi va tadbir mehmoni bilan ishtirokchilarini tanishtirdi. Shundan so‘ng, so‘zni U.T. G‘ofurovga berdi.

U.T. G‘ofurov o‘z so‘zida bugungi kunda dunyo davlatlarini tashvishga solayotgan ekstremizm va terrorizm kundan-kunga yangicha ko‘rinishga kirib borayotganligi, Yaqin sharq va arab davlatlarida ro‘y berayotgan hodisalar jahon hamjamiyatini tashvishga solayotganligini, bu tartibsizliklar va fuqorolar urushidan o‘z maqsadlari yo‘lida foydalanib, mazkur davlatlarni o‘zlariga maskan qilib olayotgan terroristik tashkilotlar islom dini nomi va sha’nini bulg‘ashda davom etayotganliklarini, terroristik tashkilotlar haqida, ularning buzg‘unchi g‘oya va olib borgan terrorchilik harakatlari to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berdi. Jumladan, tashkilot tomonidan amalga oshirilgan bir qator xunrezliklar haqida, dunyo hamjamiyatini tashvishga solayotgan, din niqobi ostida faoliyat olib borayotgan turli ekstremistik tashkilotlarning yoshlarni aldov yo‘li bilan o‘z saflariga qo‘shib olayotganidan kelib chiqib, talaba-yoshlarni bunday guruhlar tahdididan doimo ogoh va hushyor bo‘lishga da’vat etdi. Shuningdek u mamlakatimizda bunday illatlarga qarshi kurash borasida ko‘pgina chora tadbirlar o‘tkazilayotganligi haqida o‘tirganlarga murojaat qilar ekan, barchaning diqqatini tayyorlangan mavzuga oid filьm taqdimotini ko‘rganlarida bunga yanada ishonch hosil qilishlari hamda tegishli xulosalar chiqarishlari mumkinligini, hozirgi kunda yoshlarga turli ijtimoiy  tarmoqlar, mobil dasturlari va turli vositalardan axborot hurujlari orqali  ta’sir qilishga urinishlar ko‘p bo‘lmoqdaligini ta’kidladi. Bu esa bizni doim ogoh bo‘lishimiz zarurligini anglatishini, uchrshib turgan kunimizning nechog‘lik xosiyatli ekanligini qayd etib, ma’ruzasiga yakun yasadi.

Tadbir davomida “Vatan himoyasi – muqaddas burch” nomli hujjatli filmi namoyish etildi.

Talabalar tomonidan mutaxassisga mavzuga oid savollar hamda ro‘za tutish amallari, farzlari kabi o‘zlarini qiziqtirgan bir qator savollari bilan murojaat qilishdi va ularga batafsil ma’lumot olishdi

Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi