60-umumta’lim maktab o‘quvchilariga “o’zbek milliy raqs” sirlari o’rgatilmoqda

2019 yil 19 martda Prezidentimiz tomonidan Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus bo‘yicha  bugungi kunda yoshlarga bo‘lgan e’tiborni yanada kuchaytirish,  yoshlarni musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr, madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, yoshlarda axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish, yurtimiz yoshlari o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish masalalariga alohida urg‘u berilayotganini anglatadi.

Mana shunday tashabbusni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Institutimiz badiiy raxbari: Shoxsanam Shodijonova iyun oyi mobaynida 5-ta tashabbusning 1-yo’nalishi bo’yicha Mirobod tumani “Gyote” nomli 60- umum ta’lim maktabida “O’zbek milliy raqs” (Farg’ona, Xorazm, Buxoro) yo’nalishlari turkumidan o‘quvchi qizlarga va o’g’il bolalarga o’zbek milliy raqs sirlarini oyoq va qo’l holatlarini maxoratli o‘tkazib bordi.

Bunda jamiyatimizda xotin-qizlarga bo‘lgan hurmat va e’tibor, shuningdek, ular yozgi ta’til vaqtini mazmunli o’tkazish maqsadida sport to‘garaklariga qatnashishni, kompyuter texnologiyalari, badiiy kitoblarni mutoola qilish hamda o’zbek milliy raqs to’garaklariga qatnashishi aytildi.

Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi