Institutimiz rektori M. X. Rasulov haqida so‘z

Ma’rufjon Xoliqovich Rasulov yurtimiz poytaxtida xizmatchi oilasida tavallud topgan. Bo‘lajak rektor 17 yoshida Toshkent temir yo‘l muhandislari institutiga talabalikka qabul qilinar ekan, o‘z taqdirini bundan buyog‘iga “temir yo‘l instituti” so‘zlari bilan bog‘liq bo‘lishini belgilaydi. M.X.Rasulov 1981 yildan mehnat faoliyatini boshladi va institutda barcha kasbiy rivojlanish bosqichlarini bosib o‘tadi: asisstent, dotsent, laboratoriya mudiri, ilmiy-tadqiqot bo‘limi boshlig‘i, Tashishni tashkil etish va boshqaruv fakulteti dekani, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori, 2012 yildan Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti rektori lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
M.X.Rasulov Moskva temir yo‘l muhandislari instituti aspiranturasini tamomlab, texnika fanlari nomzodi ilmiy darajasini egalladi. O‘qituvchilik faoliyati Ma’rufjon Xoliqovich hayotida muhim o‘rin tutadi. Yorqin ma’ruzachi va pedagog o‘zining asosiy vaqtini va g‘ayratini ko‘plab talabalari bilan birga ishlashga sarfladi.
M.X.Rasulov 2009 yilda “Faxriy temir yo‘lchi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti kelajagi haqida g‘amxo‘rlik qilar ekan M. X. Rasulov iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash uchun ko‘plab ishlarni amalga oshirdi. Bu esa o‘z samarasini bermoqda va kadrlar potentsiali rivojlanishi dinamikasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Yosh fan doktorlari va fan nomzodlariga yordam berayotgan bir qator dasturlar ularning xizmat pillapoyalarida yuksalishlarida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shuningdek, yuzlab o‘zbek yoshlari, institutning kelajagi bo‘lgan yosh iqtidorli o‘qituvchilar va ilmiy xodimlar Rossiya Federatsiyasining nufuzli oliy ta’lim muassasalarida taxsil olmoqda.
Jonajon institutimizning 90 yillik yubileyi tobora yaqinlashmoqda. Instituning qutlug‘ yoshiga munosib tayyorgarlik ko‘rish, o‘quv binolarini zamonaviylashtirish, ilmiy laboratoriyalar bazasini mustahkamlash bilan bir qatorda yangi yo‘nalish va fakultetlar ochish masalalarida institut rektori Ma’rufjon Rasulovning o‘z maqsadlari bor va bu maqsadlar institut jamoasining harakatlar yo‘nalishini belgilab bermoqda.
Ma’rufjon Xoliqovichga tug‘ilgan kuni munosabati bilan mustahkam sog‘liq, baxt va institutimiz ravnaqi yo‘lidagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Institut matbuot xizmati

Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi