Huquqbuzarlikning oldini olishga barchamiz mas’ulmiz

Joriy yilning 10 sentyabr kuni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi manfaatdor idoralar bilan hamkorlikda Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti faollar zalida jinoyatchilik, giyohvandlik va narkojinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi.


Tadbirni Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori D.X. Baratov  talabalarni o‘qishga qabul qilinganliklari bilan tabriklab ochib berdi. Tadbirni tashkil etishdan maqsad talaba-yoshlar orasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy markazining 2019 yil 2 sentyabrdagi jadvali asosida ekanligini gapirib so‘z navbatini Transportda havfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi Huquqbuzarlik profilaktikasi bo‘limi boshlig‘i, mayor                                         S.X. Nurmaxamedovga berdi.

S.X. Nurmaxamedov o‘z nutqida yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarni oldini olish borasida bir qator profilaktik, tezkor profilaktik, targ‘ibot ishlari olib borlayotganligini aytib o‘tdi. Yoshlar tomonidan og‘ir tan jarohati etkazish, nomusga tegish, bosqinchilik, talonchilik, giyohvandlik bilan bog‘liq jinoyatlar sodir etilayotganligi  haqida ma’lumotlar berildi. Oilalarning parokandaligiga sabab bo‘ladigan, milliy turmush tarzimizga zid bo‘lgan, shaxsning halokatiga olib keladigan illatlardan biri bu giyohvandlik, ichkilik ekanligini aytib o‘tdi. Bundan tashkari u yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” va “Angren – Pop” yo‘nalishidagi yo‘lovchi poezdlari haqida ma’lumotlar bilan yig‘ilganlarni tanishtirdi. Shuningdek, mutaxassis tomonidan respublikamiz temir yo‘llarida ro‘y bergan baxtsiz hodisalar, jumladan, yo‘lovchi va yuk poezdlarga tosh otish, temir yo‘l relsiga jism qo‘yish holatlarini statistik ma’lumotlar bilan izohlab berdi hamda talabalarni huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishda faol bo‘lishga, hamkorlikka chaqirdi.

Keyingi so‘z navbati Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalar nazorat qilish milliy  markazi etakchi ekspekti                         S.S. Jumanovaga berildi.

S.S. Jumanova o‘z nutqida hozirgi vaqtda giyohvandlik balosi insoniyat hayotiga jiddiy xavf solayotgani haqida to‘xtalib o‘tdi. Bejizga uni “asr vabosi” deb sifatlashmaganligi,. giyohvandlik muammosi jamiyat, millat ravnaqiga jiddiy putur etkazuvchi bo‘lib, hozirda dunyo davlatlarini tashvishga solib keltirib kelayotganligi,  giyohvand kishi nafaqat o‘ziga, balki yaqinlariga ham to‘xtovsiz azob berishini, O‘zbekistonda narkotik moddalarga qarshi olib borilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar berdi. Nafakat O‘zbekistonda balki Markaziy Osiyoning boshqa davlatlarida ham giyohvandlar tomonidan jinoyat sodir qilish, narkotiklar “qora bozori”ning avj olishi, OITS kasalligiga chalinayotganlar sonining o‘sishiga sabab bo‘lmoqdaligini, bu boradagi asosiy e’tibor xalqaro jinoiy narkogruhlarni aniqlashda huquq-targ‘ibot idoralari faoliyatini kuchaytirishga,hokimliklar huzuridagi mintaqaviy komissiyalar tomonidan huquq-targ‘ibot idoralarining o‘zaro hamkorligini yaxshilashga va narkotgafik va nvrkotik moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashuvchi maxsus xizmatlarning texnik salohiyativa kasbiy imkoniyatlarini ko‘tarish, bu borada dunyodagi ilg‘or tajribalardan foydalanish maqsadida xalqaro munosabatlarni yanada yaxshilashga qaratilishi lozimligi, barchamiz ogoh bo‘lishimiz lozimligini aytib o‘tdi.

Tadbir boshida talabalar diqqatida “Nigoh” nomli vidiofilm namoyishi bilan yakunlandi.

Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi