YONG’IN XAVFSIZLIGI VA UNI OLDINI OLISH

 2019-yil 10-aprel kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan «O‘zbekiston Respublikasida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish, yong‘in xavfsizligini ta’minlashning sifatli yangicha tizimini tatbiq etish to‘g‘risida»gi farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida, joriy yilning 13- noyabr kuni Talabalar shaharchasi 1, 2, 3, 4, 5-sonli Talabalar turar joyida yashovchi barcha talabalari uchun Yong‘in xavfsizligi va uning oldini olishga qaratilgan tadbir bo‘lib o‘tdi.

 Tadbirda institut Xayot faoliyati xavfsizligi kafedrasi professor o‘qituvchilari hamda Talabalar shaharchasi rahbariyati, tarbiyachi pedagoglar ishtirok etishdi. Tadbirga O‘zbekiston temir yo‘llari Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasidan mutaxassislari taklif etilib, ular talabalarga yong‘in sodir bo‘lganda uning oldini olish chora tadbirlari tug‘risida nazariy va amaliy tushunchalar berishdi. Ushbu tadbirda talaba yigit va qizlar faol ishtirok etishdi 

Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi