ORASTA QIZ-FARISHTA QIZ

 Mamlakatimizda yoshlarimizga, ayniqsa, qizlarga alohida e’tibor va g`amxo`rlik ko`rsatilib, ularni ta’lim bosqichlari bilan to`la qamrab olish, salomatligini asrash, vatanparvarlik, fidoyilik, milliy an’ana va qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash ustuvor vazifa sifatida qaralmoqda.Buning isboti sifatida barcha tashkilot va muassasalarda turli tadbirlar va davra suhbatlari tashkil etilmoqda.

 Jumladan, joriy yilning 24-noyabr kuni Toshkent temir yo’l muhandislari institutining 5-talabalar turar joyida institut xotin- qizlar BT raisi N.Sh.Xodjayeva tomonidan “Orasta qiz-farishta qiz” nomli davra suhbati o’tkazildi.

 Bunday tadbirlarni tashkil etishdan maqsad, talaba qizlarda shaxsiy gigiyenik qoidalarni to‘g‘ri shakllantirish, tibbiy madaniyatni oshirish, ularda o‘zining va atrof-muhitning tozaligiga e’tiborni kuchaytirish, ekologik va tibbiy madaniyatni yuksaltirish, ayniqsa qizlarning o‘zaro ahil munosabatlarini mustahkamlash bo‘yicha keng tushunchalar berishdan iborat.

 

 Bundan tashqari, qizlarga talabalar turar joyida tashkil etilgan “Karving”, “Mohir qo’llar”,  “Go’zallik sirlari”, “Tikish-bichish” kabi turli to’garaklarning faoliyati haqida aytib o’tildi. Davra suhbati davomida qizlar o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi