DEPUTATLAR BILAN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI

 “O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimida 2019 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi”ning 13-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida “Huquqiy savodxonlik oyligi” hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019 yil 11 oktyabrdagi “Saylov qonunchiligi targ‘iboti oyligini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq 2019-yil 3-dekabr kuni Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida O‘zbekiston Liberal-Demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod R.X. Kusherbaev hamda Toshkent shahar Uchtepa tuman Kengashi deputati N. Zayniddinov bilan uchrashuv tashkil etildi.

 Kusherbaev Rasul Xidralievich o‘z nutqida hozirgi kunda O‘zbekiston Liberal-Demokratik partiyasidan nomzod ekanligini, o‘zining ustivor vazifalari sifatida parlamentarizmni har tomonlama rivojlantirish va mustahkamlash, siyosiy partiyalarning rolini oshirish, xalq hokimiyatini yanada kuchaytirish, mamlakatdagi barcha aholi punktlariga va OTMga zamonaviy optik tolali internet aloqa tizimini olib kirish  va internet narxini pasaytirish, pedagoglarni qo‘llab-quvvatlash, “O‘qituvchi maqomi to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish, Chinoz va Yangiyo‘l tumani aholisini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, kanalizatsiya va oqava suv tarmoqlarini rekonstruksiya qilish, yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun belgilangan jarimalar miqdorlarini kamaytirlishiga qaratilgan qonuniy chora-tadbirlarini amalga oshirish, jismoniy va yuridik shaxslarning ko‘chmas mulklarini buzish, davlat vai jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalari va xususiy mulk ob’ektlarini olib qo‘yish hamda tadbirkorlik sub’ektlariga berilgan litsenziyalarni bekor qilish bo‘ycha qarorlarini faqat sud tomonidan qabul qilishiga erishsh ekanligini gapirib o‘tdi.

 Nuriddin Zayniddinov o‘z nutqida deputatlik davrida Toshkent shahari Uchtepa tumanida amalga oshirilgan islohotlar to‘g‘risida so‘z yuritdi.

 Uchrashuv so‘ngida talaba-yoshlar hamda professor-o‘qituvchilar mehmonlarga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.

Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi