O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASINING 27 YILLIGI KENG NISHONLANDI

 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 27 yilligi munosabati bilan 2019-yil 6-dekabr kuni Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

 Tadbirda bayram qutlovlari, go‘zal qo’shiqlar bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiya kuni arafasida o’tkazilgan “Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon!” shiori ostida  “Eng yaxshi maqola” tanlovi, “Davlat bayrog‘i- mening bayrog‘im” mavzusida o‘tkazilgan insholar tanlovi, “O‘zbekiston yoshlari buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi” shiori ostidagi “Eng yaxshi maqola” tanlovi, institut hodimlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan Oilaviy sport musobaqasi, “Konstitutsiya huquq va erkinliklarimiz kafolati” tanlovi g‘oliblari hamda Quvnoqlar va zukkolar respublika ko‘rik tanlovining saralash bosqichida “Afrosiyob” jamoasi g‘alabasini ta’minlashga munosib hissa qo‘shgan hamda chorak final bosqichidagi ishtirokchilari institut Kasaba uyushmasi qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan tashkil etilgan qimmatbaho sovg‘alar va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.

Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi