“ZEBOLAR BAHSI” TANLOVI G’OLIBLARI ANIQLANDI

 Har yili “O‘zbekiston temir yo‘llari” aktsiyadorlik jamiyati xotin-qizlar qo‘mitasi, Personalni boshqarish va kadrlar tayyorlash boshqarmasi hamda O‘zbekiston Qizil Yarim Oy jamiyati temir yo‘l mintaqaviy tashkiloti hamkorlikda temir yo‘l tizimidagi o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan iste’dodli talaba qizlar o‘rtasida “Zebolar bahsi” ko‘rik-tanlovini o‘tkazilib kelinmoqda.

 Joriy yilning 2-dekabr kuni Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti, Toshkent, Samarqand, Qo‘qon temir yo‘l transporti kasb-hunar kollejlari hamda Mirobod Akademik litseyining boshlang‘ich xotin-qizlar qo‘mitalari hamda Yoshlar Ittifoqi etakchilar kengashi bilan hamkorlikda tanlovning  ikkinchi bosqichi  o‘quv yurtlarida g‘olib bo‘lgan 5 nafar g‘olib talaba qizlar o‘rtasida Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti faollar zalida bo’lib o’tdi.

 “Zebolar bahsi” ko‘rik-tanlovi ishtirokchilari “Tanishtiruv”, “Savol-javob”, “Eng zukko kitobxon”, “Erkin mavzu” shartlari bo‘yicha bellashdilar. Har bir ishtirokchilarning chiqishlarini hakamlar xay’ati odilona baholab bordi. “Zebolar bahsi” ko‘rik-tanlovi respublika bosqichida shartlar bo‘yicha eng ko‘p ball to‘plagan ishtirokchi Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti 2-bosqich talabasi Maftuna Karimova I–o‘rinni egalladi. Shuningdek, ballar hisobida ishtirokchilar “Eng zukko ishtirokchi” nominatsiyasida Samarqand temir yo‘l transporti kasb-hunar kolleji 2-bosqich o‘quvchisi Baxtiniso Irisova, “Eng nazokatli ishtirokchi” nominatsiyasida Toshkent temir yo‘l transporti kasb-hunar kolleji 3-bosqich o‘quvchisi Ruxshona Nurmatova, “Eng yaxshi ijro uslubi uchun” nominatsiyasida Qo‘qon temir yo‘l transporti kasb-hunar kolleji 3-bosqich o‘quvchisi Gulzodaxon Usmonova, “Muxlislar mehrini qozongani uchun” nominatsiyasida Mirobod Akademik litseyi 1-bosqich o‘quvchisi Farzona Fayzullaevalar g‘olib deb topildilar.

 G‘olib va ishtirokchilar “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ xotin-qizlar qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Qizil Yarim Oy jamiyati temir yo‘l mintaqaviy tashkilotining “Faxriy yorliq” va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi