HAMID OLIMJON TAVALLUDINING 110 YILLIGI KENG NISHONLANDI

 Joriy yilning 7-dekabr kuni Toshkent temir yo’ l institutining faollar zalida iste`dodli shoir, dramaturg, olim va jamoat arbobi Hamid Olimjon tavalludining 110 yilligiga bag`ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

 O`zbek adabiyotining zabardast vakillaridan biri bo`lmish Hamid Olimjon   1909-1944 yillar oralig`ida yashab ijod qilgan. Yoshligidan onasi Komila va bobosi Mulla Azimdan ko`plab xalq ertaklari, dostonlari va qo`shiqlarini tinglab kelgan va bolaligidanoq o`zida buyuk shoir ruhini shakllantirgan. U talabalik yillaridayoq she’riyatga  jiddiy kirishdi. Lekin shoirlik va tashkilotchilik iste`dodi ayni gullab, yashnab turgan pir paytda Hamid Olimjonning ijod bulog`i qaynashdan to`xtadi. Qisqa umriga qaramay shoir rafiqasi Zulfiyaxonim bilan birgalikda o`zbek adabiyotida o`chmas iz qoldirdi. Hamid Olimjon o`zining o`lmas asarlari bilangina emas balki so`nmas muhabbati bilan ham tirik. Adibning O`zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov farmoniga ko`ra “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlanishi ham xalqimizning unga bo`lgan mehr-muhabbatini yorqin ifodasidir.

 Adibning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirda, “Iqtisodiyot” fakultetining talabalar-yoshlari faol ishtirok etishdi. Shoirning  hayoti va ijodi aks ettirilgan sahna ko‘rinishlarini namoyish qilishdi hamda ijod namunalaridan parchalar aytib berishdi.

Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi