JONAJON O‘ZBEKISTON, MANGU BO‘L OMON!

 “Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon!”shiori ostida o‘tkazilgan “Eng yaxshi maqola” Respublika tanlovining institut bosqichida 1-o’rinni egallagan,  Iqtisodiyot fakulteti, MN-56 guruh talabasi Yaxshiqulova Moxinur Toxir qizining yozgan maqolasi:

JONAJON O‘ZBEKISTON, MANGU BO‘L OMON!

 Men shu yurtda tug‘ildim, o‘sdim. Shu yurtda tug‘ilib kamol topayotganimdan benihoya baxtiyorman. O‘zbekiston mening – Vatanim. Vatan insonning kindik qoni to‘kilgan tuproq, uni kamol topdiradigan tabarruk go‘shadir. Vatanim mening g‘ururim ramzidir. Men ona vatanim timsolida dunyodagi eng go‘zal va betakror yurtni ko‘raman. Shu bilan birga o‘zimning, ota – onamning, xalqimning baxtini, faro von, erkin hayotni ko‘raman.

 Vatan ozod bo‘lsa , xalqim ham erkin, ozod, farovon yashaydi. Men shu serquyosh o‘lkada yashar ekanman, yurtimning yuksalishi, rivojlanishi uchun, yurtimning obro‘- e’tiborini yanada yuksaklikka ko‘tarish uchun, milliy taraqqiyotimizni yanada ko‘tarishimiz uchun o‘qib o‘rganib, bor imkoniyatlardan foydalanishim kerak ekanligini his qilaman. Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev Vatan ravnaqi yo‘lida tinmay izlanayotgan, muhim chora – tadbirlarni hayotga tadbiq qilayotgan ekanlar, biz yoshlar ham bor kuch bilimimizni jonajon O‘zbekistonimizning kelgusida bundanda yuqori pog‘onalarga chiqishi uchun sarflashimiz darkor. Zero Vatan ravnaqi, avvalo uning farzandlariga, ulaming ma’naviy va jismoniy kamolotiga bog‘liqdir.

 Allohga shukurki,biz yashayotgan yurt – jannatmakon, osmonimiz musaffo, hammayoqda tinchlik. Shu o‘rinda birinchi prezidentimiz Islom Karimov so‘zlari yodga keladi: “Mening istagim shu – xudoning o‘zi yurtimizni, xalqimizni yomon ko‘zlardan, hasadlardan asrasin! Shu yurtda yashayotgan har qaysi oila, har qaysi inson, har qaysi yurtdoshimiz baxtli bo‘lsin, tinchlik va omonlik ularga hamisha yor bo‘lsin”

 Albatta biz o‘qib – o‘rganib, o‘z iqtidorimizni, yurtimizning gullab yashnashi uchun sarflashimiz, ko‘ngildagidek keng shinam xonalarda tahsil olishimiz uchun Vatanimiz tinch osuda bo‘lmog‘i lozim. Zero, yurt tinchligi masalasi birinchi o‘rinda turadi. Chunki, tinchlik dunyodagi eng buyuk boylik hisoblanadi. Agar tinchlik bo‘Isa, hamma erkin nafas oladi, nimaki ezgu niyat bo‘Isa, ulaming barchasini amalga oshirish imkoniyati pay do bo‘ladi.

 Yurtimizda huquqiy demokratik davlat, fuqorolik jamiyati etilmoqda. Yanada mustahkam huquqiy demokratik jamiyat barpo etish uchun ko‘p ezgu ishlami amalga oshirishimiz kerak. Buning uchun iqtisodiyotimizni yanada rivojlantirishimiz, yerosti va yerusti boyliklarimizdan unumli foydalanishimiz, jahon tajribasidan andoza olib, taraqqiy topgan davlatlar bilan hamkorligimizni mustahkamlashimmiz, iqtidorli, bilimli yoshlarimizni taraqqiyoti yuksak davlatlarga tajriba almashish uchun chet davlatlarga yuborishimiz darkor. Vatanga muhabbat tuyg‘usi insonga bir umr hamrohdir. Vatanning nomi aytilishi bilan uning bag‘rida o‘tgan yillarimiz, ota – onamiz, qadrdon uyimiz esimizga tushadi, qalbimiz his – tuyg‘ularga to‘ladi.

 Yurtimizning betakror tabiatini tomosha qilganda, uning boyliklaridan bahramand bo‘lganda , olis ellarda vatandoshlarimiz bilan ko‘rishganda, ularning sport, madaniyat, san’at va boshqa sohalarda erishgan yutuqlarini eshitganda yutuqlarini eshitganda beixtiyor quvonamiz. Vatanga muhabbat tuyg‘usi insonga ona allasi, bobolar o‘giti, otaning ibrati, ona tabiat bilan muloqot jarayonida singadi. Vatan tuyg‘usi og‘ir damlarda bizga kuch – quvvat beradi,xalqimizni, yurtimizni dunyoga tanishtirishga, ajdodlarimizning buyuk an’analariga sodiq bo‘lishga da’vat etadi.

 Ota – bobolarimiz uzoq o‘lkalarga ketayotganlarida yurt tuprog‘idan bir siqim olib, ro‘molchaga tugib qo‘yganlar. Olis yurtlarda Vatan sog‘inchi yuraklarini o‘rtaganida anashu tuproqni hidlab, ko‘zlariga to‘tiyo qilib qadrdon diyorimiz mehrini, nafasini tuyganlar. Insonlar qalbidagi Vatanga intilish tuyg‘usi shunchalik kuchli bo‘ladiki, ular nafaqat tirikligida, balki bu dunyodan ko‘z yumganidan keyin ham ona yurt tuprog‘iga yaqinroq bo‘lishni orzu qiladilar. Olis Hindiston o‘lkasida podshohlik qilgan Zahiriddin Muhammad Bobur bobomiz vafotidan so‘ng o‘z jismini ushbu yurtga emas, balki Vataniga yaqinroq bo‘lgan joy – Afg‘onistonning hozirgi poytaxti bo‘lmish Qobul shahriga qo‘yishlarini vasiyat qilgan. Bu buyuk ajdodimizning muborak qabri hozir Qobul shahrida. Vatanimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng Bobur tug‘ilgan yurt – Andijon shahrida buyuk ajdodimizning ramziy qabri barpo etilib, uning atrofida ulkan bog‘ yaratildi. Bobur bobomizning vorislari – boburiylar sulolasining aksariyat nomoyondalari ota – bobolarining yurti – O‘zbekiston zaminida yashamagan bo‘lsalar – da, Vatanga, ona zaminida mehr – muhabbat tuyg‘usi ulami bu tabarruk tuproqqa chorlab turgan, ulaming bugungi avlodlari ham mana shu zaminni o‘zlariga tarixiy Vatan deb biladilar. Tarixiy Vatan tuyg‘usi boshqa xalqlarga ham xos. Masalan, hozirgi kunda Amerika qit’asida yashayotgan xalqlarning ota – bobolari qadimda Evropadan ко’chib borgan. Shuning uchun bu xalqning bugungi avlodlari Evropa mamlakatlarini o‘zining tarixiy Vatani, deb hisoblaydilar.

 Ulug‘ allamolarimiz o‘z Vatanlariga bo‘lgan muhabbat tuyg‘usini har ishda, har qadamda madadkor bo‘lsin deb, o‘z ismi shariflariga nomini qo‘shib yozganlar. Buxoriy, Zamaxshariy, Samarqandiy, Shoshiy, Farg‘oniy, Marg‘iloniy, Xorazmiy, Termiziy, Nasafiy singari nomlar shu tarzda pay do bo‘lgan. Inson qalbidagi orzularning eng ulug‘i ota-onaga, el-yurtga beminnat hizmat qilish, ularning oldidagi farzandlik burchini sidqidilda ado etishdan iborat. Unga erishish uchun bolalikdan boshlab oldimizga aniq maqsad qo‘yib, zamonaviy bilim va kasb-hunarlami puxta egallagan, jismoniy va ma’naviy jihatdan kuchli bo‘lishimiz lozim. Tomirida millliy g‘urur, Vatan ishqi jo‘sh urgan odamlargina buyuk ishlariga qodir bo‘ladi.

 Vatanimni faqat beqiyos boyliklari, go‘zal tabiati, boyliklari, go‘zal tabiati, qulay sharoitlari uchun sevmaydilar. Ona yurt iqlimi, tabiati qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, inson uchun hech narsaga almashtirib bo‘lmaydigan, uning joni, ruhi orom topadigan muqaddas makon hisoblanadi. Vatanni sevmaslik – eng ulug‘ insoniy baxtdan, hissiyotdan mahrumlikdir. Ona yurt taqdiriga beparvo qarash – uni o‘zgalar qo‘liga topshirib qo‘yish bilan barobardir. Haqiqiy farzand Vatanni butun vujudi bilan sevadi, uni asrash, ravnoq toptirish uchun bor kuch va imkoniyatlarini bag‘ishlaydi.

 Necha ming yillar davomida ajdodlarimiz ko‘z qorachig‘idek asrab kelayotgan aziz Vatanimizni sevib, uning har qarich tuprog’ini ko‘z qorachig‘idek asrab yashash eng oliy burchimizdir.Vatanni sevmaslik – eng ulug‘ insoniy baxtdan, hissiyotdan mahrumlikdir. Ona yurt taqdiriga beparvo qarash – uni o‘zgalar qo‘liga topshirib qo‘yish bilan barobardir. Haqiqiy farzand Vatanni butun vujudi bilan sevadi, uni asrash, ravnoq toptirish uchun bor kuch va imkoniyatlarini bag’ishlaydi.

Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi