OGAHIY TAVALLUDINING 210 YILLIGI KENG NISHONLANDI

 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 20 martdagi “Muhammad Rizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiy tavalludining 210 yilligini nishonlash hamda Xiva shahrida Ogahiy ijod maktabini tashkil etish to‘g‘risida” gi 238-son qarori hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining joriy yil 28 martdagi 283-son buyrug‘ida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 2019 yilning 13 dekabr kuni Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti Ogahiyning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

 Tadbirda Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti filologiya fanlar doktori professor Islom Yoqubov va katta o ‘qituvchi Davlatyor Jumashevlar mehmon sifatida ishtirok etishdi.

 Ogahiy xalq orasida koʻproq lirik shoir sifatida mashhur. Umrining oxirgi yillarida tuzgan lirik kulliyoti — „Taʼviz ul-oshiqin“ („Oshiqlar tu-mori“, 1872) bizgacha toʻla yetib kelgan. Devon anʼanaviy tartibda tuzil-gan, 470 gʻazal, 3 mustazod, 89 muhammas, 5 musaddas, 2 murabba, 4 musamman, 4 tarjeʼband, 7 qitʼa, 80 ruboiy, 10 tuyuq, 1 mulamma, 4 chiston, 2 muammo, 4 masnaviy, 1 bahri tavil, 1 munojot, 1 oshiq va maʼshuq savol-javobi, 20 taʼrix, 19 qasida — jami 18000 misradan iborat. Devonga „Ashʼori forsiy“ nomi bilan Ogahiyning fors tilidagi 1300 misra sheʼri ham kiritilgan. Devondagi asarlar mazmun-mundarijasi markazida ishq mavzui turadi.

  

Taklif etilgan mehmonlar Ogahiy hayoti va ijodiga oid shu kabi ma’lumotlar xususida so‘z yuritishdi.

Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi