YUQIMLI KASALLIKLAR PROFILAKTIKASI

 2020-yil 30 -yanvar kuni Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti 1- sonli talabalar turar joyida yashovchi talaba yoshlari  bilan instituti xotin-qizlar qo‘mita raisi va a’zosi  Xodjaeva N,  Botirova M Toshkent temiryo‘lga qarashli Markaziy poliklinika filiali  “Madadkor” poliklinikasi shifokori F.J.Xalilovalar ishtirokida “Qarindoshlar o‘rtasidagi nikohga yo‘l qo‘ymang”,  ” Yuqimli kasalliklar profilaktikasi” , “Koronavirus” mavzularida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.  […]

YOSH AVLODNI KASBGA YO‘NALTIRISH

 2020-yil 30- yanvar Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti xotin-qizlar qo‘mitasi va “Ma’naviyat va ma’rifat” va iqtidorli talabalar bilan bo‘limi bilan birgalikda  O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimov tavalludining 82 yilligi munosabati bilan 175-maktab o‘quvchilarini institutga taklif etishdi. Davra suhbatni N.SH.Xodjaeva va I.Karimov nomidagi stipendiyanti M.Yaxshikulova olib borishdi.  Tadbir ikkinchi qismi institut muzeyida bo‘ldi.Yosh avlodni […]

AXBOROT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH DAVR TALABI

 2020-yilning 8-yanvar kuni Elektromexanika fakulteti dekan o‘rinbosarlari M.SH.Valiev va M.E.Abduvaxobov 1- bosqich talabalari bilan “Axborot xavfsizligi” mavzusida davra suhbati o‘tkazdilar. Talabalarga axborot xavfsizligining ichki va tashqi manbalari to‘g‘risida ma’lumot berildi.  Bugungi kunda zamonaviy dunyoga egalik qilish uchun kurashning asosiy vositasi sifatida axborot tilga olinmoqda. Bunday vaziyatda axborot texnologiyalari va axborot boshqaruvi yuksak darajada taraqqiy etgan […]

AXBOROT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH ENG MUHIM VOSITA

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2019 yil 7 noyabrdagi 25445-xh-sonli topshiriq xati, hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 14 noyabrdagi 1043-sonli buyrug‘ida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida “Axborot xavfsizligini ta’minlash eng muhim vosita” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy-profilaktik uchrashuv tashkil etildi.  Bugungi kundagi rivojlangan jamiyatimizning eng kuchli tomonlari bir paytning o‘zida uning zaif tomonlaridan […]

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SHAVKAT MIRZIYOYEVNING OLIY MAJLISGA MUROJAATNOMASI

Hurmatli deputatlar va senatorlar! Aziz yurtdoshlar! Muhtaram mehmonlar! Xonimlar va janoblar! Jonajon O‘zbekistonimiz yangi o‘n yillikka qadam qo‘ymoqda. Erishgan natijalarimiz tarixga aylanib, oldimizda yangi-yangi o‘zgarishlarni amalga oshirish bo‘yicha ulkan vazifalar va imkoniyatlar paydo bo‘lmoqda. Shu bois, bugun Sizlar bilan birgalikda mamlakatimizni 2020 yil va kelgusi 5 yilda rivojlantirish bo‘yicha, ustuvor yo‘nalish va vazifalarni belgilab olishimiz […]

SHOXSANAM SHODIJONOVA XALQARO RAQS KO‘RIK TANLOVIDA “ENG YAXSHI PEDAGOG” NOMINATSIYASINI QO‘LGA KIRITDI

 Ko‘p yilllardan buyon institutning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi badiiy rahbari bo‘lib faoliyat yuritayotgan Shoxsanam Shodijanova Qozog‘iston Respublikasi Nursultan shahrida bo‘lib o‘tgan «Рейтинг Успеха» xalqaro raqs ko‘rik tanlovida “Eng yaxshi pedagog” nominatsiyasini qo‘lga kiritdi.  Xalqaro «Вдохновение» qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan ushbu tanlovda Hindiston, Qozog‘iston, Rossiya, Shvetsariya, Qirg‘iziston va O‘zbekiston  davlatlaridan tashrif buyurgan vakillar […]

”TO‘YLAR HAQIDA MULOHAZALARIMIZ” MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI BO‘LIB O‘TDI

17 yanvar 2020 yil Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti  4a-TTJ da O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlis senati Kengashining 2019 yil 14-sentyabrdagi ”To‘ylar,  oilaviy tantanalar,  ma’raka va marosimlarni ixcham va tartibli o‘tkazilishini ta’minlash bo‘yicha” chora-tadbirlar dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida 4-TTJ tarbiyachi-pedagogi S.Ruzmetova talaba qizlar bilan davra suhbati o‘tkazdi. Shuningdek, tadbir davomida “Oilada qaynonaning o‘rni” mavzusida talabalar tomonidan […]

Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor Dilshod Hamidullayevich tabrigi

 Hurmatli Vatan himoyachilari, aziz talabalar!  Barchangizni 14-yanvar Vatan himoyachilar kuni bilan tabriklayman! Sizlarga oilaviy tinchlik-xotirjamlik, sog‘liq-salomatlik tilayman.  Ona yurtimiz har doim o‘zining mard, jasur yigitlari bilan faxrlanib kelgan. Yigitlarimiz ota-ona va oilasini, o‘zi yashayotgan yurt tuprog‘ini muqaddas bilib, Vatan himoyasi uchun doimo shay turishni burch deb hisoblagan. Ushbu bayramning nishonlanishi xalqimizning o‘z armiyasiga nisbatan cheksiz […]

VATANNI MARDLAR QO’RIQLAYDI

 2020-yilning 11-yanvar kuni Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti hovlisida harbiy marsh va harbiy qurol-aslahalar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Harbiy marshda Qorovul qo‘shinlari tarkibidagi 7531 harbiy qism, O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiya qo‘shinlari, “Temurbeklar maktabi” ofitserlar va tinglovchilari ishtirok etishdi.  Marosim tashkilotchilari O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarining mudofaa qudratini mustahkamlashga ko‘maklashish, yoshlarni Vatanni himoya qilishga tayyorlash, ular o‘rtasida Vatanni […]

DUNYO O’TKINCHI

Elektromexanika fakulteti EM-684 guruh talabasi Akramov Nurmuhammadning ijod namunasi: DUNYO O’TKINCHI Tug’ilmoq o’limga qo’ymoqdir qadam, Bu dunyo sinovdir odamzod uchun. Faqat yaxshilikdir sinov kaliti, Ataylab qilamiz yomonlik nechun. Yurishar gerdayib insonmiz deya, Tab tortmay qilishar faxsh ishlarin. Yana o’zlaricha nasihatgo’ydir, To’xtatmas o’lguncha qayroq tishlarin. Bu dunyo o’tkinchi tushunmas shuni, Yoki bilishsa ham nafsin tiymaslar. Yonarlar […]