INSTITUT REKTORI MA’RUFJON XALIKOVICH RASULOVNING YANGI YIL TABRIGI

 Hurmatli jamoa va qadrli talabalar!

 Sizlarni kirib kelayotgan Yangi – 2020 yil bilan chin qalbimdan tabriklayman. Yurtimiz farovonligi yo‘lidagi ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman!  Oilangizga baxtu saodat,  xonadonlaringizdan tinchlik-xotirjamlik va fayzu baraka arimasin!

 2019 yil – yurtimiz hayotida ulkan yutuqlar va marralar yili bo‘ldi.  Shu o‘rinda tarix sahifalaridan joy olayotgan 2019 yil institutimiz hayotida ham o‘z o‘rniga ega.  Quvonarlisi faoliyatimiz qadrlandi.  Mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalari orasida qadrimiz yanada mustahkamlandi.  Yosh hamkasblarimiz tomonidan amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlar jamoatchilik e’tiborini qozondi.

 Talabalarimiz yutuqlari va Davlat stipendiantlarning yildan yilga ko‘payotganligi olib borayotgan tizimli ishlarning samarasi desak,  mubolag‘a bo‘lmaydi.

 Qutlug‘ qadamlar bilan kirib kelayotgan 2020 yilda ham institutimiz jamoasi katta-katta rejalarni amalga oshirish,  bir qator xayrli tadbirlarni o‘tkazishni mo‘ljallamoqda.

 Muhtaram ustozlar,  jonkuyar ishchi-xodimlar,  aziz talabalar kirib kelayotgan Yangi – 2020 yilda sizga va oila a’zolaringizga hamisha baxt va omad hamroh bo‘lishini tilab qolaman!

 Ilmiy,  ijodiy,  o‘qishdagi faoliyat va intilishlaringizda muvaffaqiyatlar tilayman.  Sihat-salomatlik,  shodu xurramlik,  baxtu saodat barchamizga yo‘ldosh bo‘lsin.

 Yangi yilingiz muborak bo‘lsin!

Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi