DUNYO O’TKINCHI

Elektromexanika fakulteti EM-684 guruh talabasi Akramov Nurmuhammadning ijod namunasi:

DUNYO O’TKINCHI

Tug’ilmoq o’limga qo’ymoqdir qadam,

Bu dunyo sinovdir odamzod uchun.

Faqat yaxshilikdir sinov kaliti,

Ataylab qilamiz yomonlik nechun.

Yurishar gerdayib insonmiz deya,

Tab tortmay qilishar faxsh ishlarin.

Yana o’zlaricha nasihatgo’ydir,

To’xtatmas o’lguncha qayroq tishlarin.

Bu dunyo o’tkinchi tushunmas shuni,

Yoki bilishsa ham nafsin tiymaslar.

Yonarlar bundaylar o’xirat kuni,

Nahot ertasini ular bilmaslar.

Eshiting do’stlarim bu dunyo foniy,

Xoh kiying zar cho’pan, xoh oddiy jangda.

Shohmizmi, gadomi u dunyo tomon,

Ketarmiz hammamiz oppoq kafanda.

Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi