Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor Dilshod Hamidullayevich tabrigi

 Hurmatli Vatan himoyachilari, aziz talabalar!

 Barchangizni 14-yanvar Vatan himoyachilar kuni bilan tabriklayman! Sizlarga oilaviy tinchlik-xotirjamlik, sog‘liq-salomatlik tilayman.

 Ona yurtimiz har doim o‘zining mard, jasur yigitlari bilan faxrlanib kelgan. Yigitlarimiz ota-ona va oilasini, o‘zi yashayotgan yurt tuprog‘ini muqaddas bilib, Vatan himoyasi uchun doimo shay turishni burch deb hisoblagan. Ushbu bayramning nishonlanishi xalqimizning o‘z armiyasiga nisbatan cheksiz hurmatini, yigitlariga nisbatan iftixorini bildiradi. Hayotingiz doimo sharaf va zafarlarga to‘liq bo‘lsin. Vatan himoyachilari bor ekan, bizning ko’nglimiz xotirjam, oilamiz tinch, sarhadlarimiz mustahkamdir.   

 Vatanimiz osmoni doimo musaffo bo‘lishi uchun har doimgidek o‘z kuch-g‘ayratingizni ayamang! Bayramingiz muborak bo‘lsin!

 Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor Dilshod Hamidullayevich.

Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi