”TO‘YLAR HAQIDA MULOHAZALARIMIZ” MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI BO‘LIB O‘TDI

17 yanvar 2020 yil Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti  4a-TTJ da O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlis senati Kengashining 2019 yil 14-sentyabrdagi ”To‘ylar,  oilaviy tantanalar,  ma’raka va marosimlarni ixcham va tartibli o‘tkazilishini ta’minlash bo‘yicha” chora-tadbirlar dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida 4-TTJ tarbiyachi-pedagogi S.Ruzmetova talaba qizlar bilan davra suhbati o‘tkazdi. Shuningdek, tadbir davomida “Oilada qaynonaning o‘rni” mavzusida talabalar tomonidan sahna ko‘rinish namoyish etildi. Tadbirda institut xotin-qizlar qo‘mitasi raisi N.Sh.Xodjaeva ham ishtirok etib, ”To‘ylar haqida mulohazalarimiz” mavzusida qizlar bilan suhbatlashdi.

Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi