“AXBOROT XAVFSIZLIGI” OYLIGI DAVOM ETMOQDA

 Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida “Axborot xavfsizligi” oyligi bo‘yicha tadbirlar va davra suhbatlar davom etmoqda. Xuddi shunday davra suhbatlaridan biri 5-sonli “Talabalar turar joyi”da bo ‘lib o‘tdi.. Tadbirda tarbiyachi-pedagog G.B.Tilavbayeva talaba qizlar bilan bugungi kunda foydalanilayotgan axborot vositalari haqida suhbatlashdi. Shuningdek, tadbirga “Temir yo‘l transportida axborot tizimlari” kafedrasi katta o‘qituvchisi  E’zozbek Toxirov taklif etildi.

 E.Toxirov O‘zbekistonda Axborot xavfsizligi, internet hamda internet orqali kelayotgan axborotlarning xavflilik va xavfsizlik darajalari, xavfli axborotlarga immunitetni oshirish masalalari to‘g‘risida, talaba qizlarga ma’lumotlarni takdim etdi. Talaba qizlar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berildi.

Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi