“REKTOR VA YOSHLAR” UCHRASHUVI

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyev rahbarligida 2019 yil 27-dekabr kuni mamlakat yoshlari uchrashuvda yoshlarga oid davlat siyosatini yangi bosqichga olib chiqishga  qaratilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida “Rektor va yoshlar” uchrashuvlarini tashkil etish, uchrashuvlarning taniqli davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, san’atkorlar, shoir va yozuvchilar ishtirokida yuqori saviyada o‘tishini ta’minlash maqsadida 2020-yil 3-fevral kuni Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti ilmiy kengashlari zalida “Rektor va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

 

 Yoshlarning davlatimiz, hukumatimiz va Prezidentimiz tomonidan yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish borasidagi islohotlardan xabardorlik darajasini oshirish va yoshlarning  xayrixohlik va qo‘llab-quvvatlashiga erishish ko‘zda tutilgan ushbu tadbirda institut rektori M.X.Rasulov, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor D.X. Baratov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i  A.R. Sotvoldiyev va barcha fakultet dekanlari ishtirok etishdi.

 Tadbirda barcha fakultetlarning yuqori bosqich talabalari o‘zlarining talif va mulohazalarini bildirishdi.

 Talabalar tomonidan bildirilgan taklif va muammolar atroflicha o‘rganilib, institut mutasaddilari tomonidan hal etiladi.

Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi