TALABALARNI MUSIQA, RASSOMLIK, ADABIYOT, TEATR VA SAN’ATNING BOSHQA TURLARIGA QIZIQISHLARINI OSHIRISH

 Ma‘lumki, davlatimiz rahbari ijtimoiy, ma‘naviy-ma‘rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi.Birinchi tashabbus yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste’dodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi.

 

 Shu munosabat bilan 2020-yil  11- fevral kuni “Qurilish” fakulteti dekanati mutasaddilari, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar Ittifoqi BT, 3-TTJ rahbariyati hamda faol talabalar ishtirokida “Talabalarni musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish” mavzusida tadbir tashkil etildi.

 Tadbir davomida karaoke, bahru-bayt va musiqiy cholg‘ularda kuy ijro etish bo‘yicha ijodiy musobaqalar bo‘lib o‘tdi. Tadbirda ishtirokchilarni baholash uchun  Yoshlar  bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari S.I. Kandaxorov, tarbiyachi pedagog M.B. Xurramov, TTJ shaharchasi direktori J.Xidirov, 3-TTJ rahbari O. Xolboev, 3-TTJ faol talaba-yoshlari taklif etildi.Tadbir yuqori saviyada o‘tkazildi va talaba yoshlarga juda manzur bo‘ldi.

Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi