SPORT- SOG‘LIQ GAROVI!

 Yoshlarni bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish bo‘yicha davlatimiz rahbari ijtimoiy, ma‘naviy-ma‘rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi.Bunga ko‘ra ikkinchi tashabbus yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan.

 Shu munosabat bilan 2020-yil  11- fevral kuni “Qurilish” fakulteti dekanati mutasaddilari, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar Ittifoqi BT, 3-TTJ rahbariyati hamda faol talabalar ishtirokida “Sport- sog‘liq garovi!” mavzusida tadbir tashkil etildi.

 Tadbir sportning arqon tortish, stol tennisi, turnikka tortinish, armrestling turlari bo‘yicha musobaqalar bo‘lib o‘tdi. Tadbirda ishtirokchilarni baholash uchun  Yoshlar  bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari S.I. Kandaxorov, tarbiyachi pedagog M.B. Xurramov, TTJ shaharchasi direktori J.Xidirov, 3-TTJ rahbari O. Xolboev, 3-TTJ faol talaba-yoshlari taklif etildi.Tadbir yuqori saviyada o‘tkazildi va talaba yoshlarga juda manzur bo‘ldi.

Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi