ALISHER NAVOIY TAVALLUDINING 579 YILLIGI VA ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR TAVALLUDINING 537 YILLIGI

 Davlatimiz rahbari ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yoʻlga qoʻyish boʻyicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi. Bunga ko‘ra toʻrtinchi tashabbus yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ular oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish boʻyicha tizimli ishlarni tashkil etishga yoʻnaltirilgan.

 

 Ushbu tashabbus ijrosini ta’minlash maqsadida hamda Alisher Navoiy tavalludining 579 yilligi va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 537 yilligi munosabati bilan  2020-yil 14-fevralda 4-TTJ da badiiy kecha bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida talabalar tomonidan g‘azal va ruboiylar o‘qildi, bobokalonlarimiz hayotiga bag‘ishlangan sahna ko‘rinishlar ijro etildi, mumtoz qo‘shiqlar kuylandi.

 Tadbir yuqori saviyada o‘tkazilib talaba-yoshlarga manzur bo‘ldi.

Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi