MURABBIYLAR FAOLLARINI TAKOMILLASHTIRISH

 2020-yil 13-fevral kuni Toshkent temir yo‘l instituti ilmiy kengashlari zalida “Murabbiylar faollarini takomillashtirish” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

 Seminarda Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor D.Baratov, institut murabbiylar kengashi raisi F.Mamurova va institut psixologi R.Baratovalar ishtirok etishdi. Seminar davomida murabbiylarga ustama haqi berish va rag‘batlantirish xususida talab va takliflar bildirildi.

Tadbir so‘nggida, institut psixologi R.Baratova tomonidan  murabbiylar bilan talabalar o‘rtasidagi munosabatni mustahkamlashga yordam beradigan qiziqarli psixologik trening o‘tkazildi.

Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi