“NAVOIYXONLIK VA BOBURXONLIK” BADIIY KECHASI

 Yoshlarimizning vatanparvar, ma’naviyatli shaxs bo‘lib ulg‘ayishida ulug‘ ajdodlarimizning o‘lmas merosi, ma’naviy xazinasi katta o‘rin tutadi. Jumladan, fevral oyida keng nishonlanadigan Alisher Navoiy tavalludining 579 yilligi va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 537 yilligi munosabati bilan har ikki allomaning adabiy merosini yanada kengroq o‘rganish imkoniga ega bo‘ladi.

 Joriy yilning 14-fevral kuni institut faollar zalida “Navoiyxonlik va Boburxonlik” badiiy kechasi bo‘lib o‘tdi. Kechada talabalar va o‘qituvchilar tomonidan  Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning ruboiy va g‘azallaridan namunalar o‘qildi. Navoiy va Bobur haqidagi filmlardan lavhalar namoyish etildi.

 Tadbirda Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur asarlaridagi ezgu g‘oyalardan yoshlarimizni bahramand etish, yigit-qizlarni buyuk ajdodlarimiz merosiga yuksak ehtirom ruhida tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

 Shuningdek, institut o‘qituvchi va talabalari tomonidan Alisher Navoiy  va Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiga bag‘ishlab sahnalashtirilgan spektakl yig‘ilganlarga manzur bo‘ldi.

Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi