“Qizlar davrasi” ko‘rik tanlovining birinchi bosqichi o’tkazildi

 Respublikamizning OTM lari o‘rtasida ilk bora o‘tkaziladigan “Qizlar davrasi” ko‘rik tanlovining birinchi bosqichi Toshkent temir yo‘l instituti kafedralari talaba qizlari  o‘rtasida ham bo‘lib o‘tdi.  “Elektr ta’minoti” kafedrasi talaba qizlari  2020-yil 19-fevral kuni o‘zaro bellashdilar. Tanlovda TV-702″b”guruh talabasi Shodmonova Marjona, TV-699  guruh talabasi Gulomova Rohila, ET-758 guruh talabasi Turdaliyeva Nodira 3 ta shart bòyicha ishtirok etishdi. Prafessor o‘qituvchilar va kuzatuvchilar baholagan natijalarga k o‘ra institut bosqichiga yòllanmani TV-702″b” guruh talabasi Shodmonova Marjona qo‘lga kiritdi.

 Talaba qizlarimizga keyingi bosqichda Elektromexanika fakulteti nomidan faol qatnashishlariga ishonch bildiramiz va omad tilaymiz!

Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi